Iqtisod

Inkasator xizmati uchun haq buyurtmachi tomonidan toʻlanadi – hukumat qarori

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1 martdan inkasator xizmati uchun haq buyurtmachi tomonidan toʻlanadi.

TOSHKENT, 17 yanv – Sputnik. Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

Denejnыe kupyurы Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda soʻm/rubl toʻgʻridan-toʻgʻri konvertatsiyasi joriy etiladi

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, 2020 yil 1 martdan boshlab, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning naqd pullarini bankka inkassator orqali yetkazib berilgani uchun xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi tomonidan toʻlanadi.

(Hozirgi tartibga koʻra, inkassatsiya xizmati xarajatlari tijorat banklari tomonidan qoplanadi).

Shuningdek, ichki ishlar xodimlariga imtiyozli shartda turar joy sotib olish, qurish va rekonstruktsiya qilishga uzoq muddatli ipoteka krediti tijorat banklarning oʻz mablagʻlari va jalb etiladigan mablagʻlar hisobiga berilganida kreditning foiz stavkasi bank va qarz oluvchi oʻrtasida tuzilgan bitim boʻyicha belgilanadi.

(Bugungi kunda foiz stavkasi qayta moliyalashtirish stavkasining ikki foizdan ortiq boʻlmagan miqdorida belgilanadi).

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala