Iqtisod

Oʻzbekistonda soʻm/rubl toʻgʻridan-toʻgʻri konvertatsiyasi joriy etiladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы Rossii
Denejnыe kupyurы Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya valyutasi - rublni Oʻzbekiston milliy valyutasiga konvertatsiyasi biznes hamjamiyati uchun foydali, bu Oʻzbekiston-Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga yordam beradi.

TOSHKENT, 17 yanv – Sputnik. Markaziy bankning pul-kredit siyosati departamenti direktori Bekzod Hamroyev Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga bergan intervyuda ishbilarmonlar va sarmoyadorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida valyuta va bank tizimini liberallashtirish jarayonlari haqida soʻzlab berdi.

"Birinchi chorakning oxirigacha soʻm/rubl toʻgʻridan-toʻgʻri konvertatsiyasini joriy etish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda", - deb taʼkidladi Xamroyev.

Departament rahbari rublni soʻmga konvertatsiyasi biznes hamjamiyati uchun foydali ekanligini, bu  Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga yordam berishini taʼkidladi. Dollar va yevroda hisob-kitoblardan qochish moliyaviy operatsiyalarni soddalashtiradi va tezlashtiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala