Hodisalar

Ruhiy kasalxonada oʻzini oynadan tashlamoqchi boʻlgan fuqaro tutib qolindi

© Foto: Ramiz Baxtiyarov \ SputnikAvtomobili skoroy pochtы v Sergeli
Avtomobili skoroy pochtы v Sergeli - Sputnik Oʻzbekiston
Nukusdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochib ketmoqchi boʻlgan fuqaro profilaktika inspektorlari tomonidan tutib olindi.

TOSHKENT, 17 yanv - Sputnik. Amudaryodagi psixiatr qabuliga kelgan fuqaro poliklinika binosining ikkinchi qavatidan oʻzini tashlamoqchi boʻlganida profilaktika inspektorlari tomonidan ushlab qolindi. Bu haqda IIV axborot xizmati maʼlum qilmoqda. 

Patsiyentы psixiatricheskoy bolnitsы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonlik ayol Toshkent ruhiy kasalliklar shifoxonasida bemorlar kaltaklanayotganini aytdi

Qayd etilishicha, Amudaryo tumanida Psixiatr qabuliga kelgan yoshi taxminan 40-45 larda boʻlgan fuqaro poliklinika binosining ikkinchi qavatidan oʻzini tashlamoqchi boʻlgan. Ushbu holat aks etgan videotasvir esa ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan.

Voqea 16 yanvar kuni taxminan soat 08:30 larda yuz bergan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumani «Qilichboy» ovul fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro profilaktika inspektoriga qoʻngʻiroq qilib, akasi Q.E.ning ruhiy kasalligi qoʻzgʻigani sababli oʻziga pichoq urmoqchi boʻlayotganini maʼlum qilgan.

Vrach vыxodit iz operatsionnoy - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Qashqadaryodagi ruhiy kasalliklar shifoxonasi xodimlariga hayfsan eʼlon qilindi

Profilaktika inspektori chaqirilgan manzilga yetib borganida, haqiqatdan ham fuqaro Q.E.ning oʻz uyida oshxona pichogʻini oʻziga urmoqchi boʻlayotgani, baqir-chaqir qilayotgani holatiga guvoh boʻlgan. Inspektor fuqaroni tinchlantirib, uning qoʻlidagi pichoqni olib qoʻygan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirish uchun uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib borgan.

Tuman markaziy shifoxonasining ikkinchi qavatida ushlab turilgan vaqtida fuqaro Q.E. qochish niyatida poliklinika derazasini oshib oʻtib, pastga sakramoqchi boʻlgan.

Profilaktika inspektorlari tezkorlik bilan fuqaroni  ushlab qolishgan va ushu kunning oʻzidayoq Nukus shahridagi ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

© MVDInspektorы zaderjali bolnogo pыtavshegosya sbejat iz psixiatricheskoy bolnitsы
Ruhiy kasalxonada oʻzini oynadan tashlamoqchi boʻlgan fuqaro tutib qolindi - Sputnik Oʻzbekiston
Inspektorы zaderjali bolnogo pыtavshegosya sbejat iz psixiatricheskoy bolnitsы
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala