Dunyoda

Julian Assanjning onasi Ruptly’ga xolislik uchun minnatdorchilik bildirdi

© REUTERS / Peter NichollsOsnovatel WikiLeaks Djulian Assanj
Osnovatel WikiLeaks Djulian Assanj - Sputnik Oʻzbekiston
RT va “Rossiya Segodnya” XAA bosh muharriri Margarita Simonyan WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning onasi Ruptly’ga xolisligi uchun minnatdorchilik bildirganligini aytdi.

"Julian Assanjning onasi bizning video agentligimiz yigitlariga minnatdorchilik izhor etadi", - deb yozdi u. Simonyan izoh skrinshotini Telegram kanalida ilova qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Osnovatel WikiLeaks Djulian Assanj - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj Londonda hibsga olindi

Kristin Assanj tvitida: "Barnabiga (Buyuk Britaniyadagi Ruptly prodyuseri) va Ruptlyga doim biz birga boʻlganliklari uchun, oʻgʻlim haqida xolis maʼlumot berishgani uchun rahmat".

Julian Assanj AQShning Afgʻoniston va Iroqdagi harbiy operatsiyalari paytida noqonuniy harakatlarini fosh qilgani uchun xalqaro miqyosda tanilgan. Jurnalist harbiy harakatlar paytida tinch aholining oʻldirilishi, shuningdek, Amerikaning Kubadagi Guantanamo qamoqxonasida saqlash shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi.

2010 yilda uni Shvetsiyada zoʻrlash va taʼqib qilishda ayblashdi. Assanj hamma ayblovlarni rad etdi: uning soʻzlariga koʻra, unga qarshi shikoyat qilgan ayollar qasos olish va politsiya taʼsiri ostida harakat qilishgan. Bir ozdan soʻng ish yopildi, keyin esa qayta ochildi va oʻtgan yilning noyabr oyida yana yopildi.

2010 yil iyun oyidan beri WikiLeaks asoschisi ekstraditsiya qilinishidan qoʻrqib, Londondagi Ekvador elchixonasida yashiringan. Oʻtgan yilning 11 aprel kuni ertalab u AQSH talabiga binoan hibsga olingan. London sudi uni garov shartlarini buzganlikda aybdor deb topdi va 11 oy qamoq jazosiga hukm qildi.

Shundan soʻng AQSH hukumati Assanjga josuslik va mahfiy maʼlumotlarni oshkor qilishda yangi ayblovlarni qoʻydi. Hozirda London sudida ekstraditsiya masalasida majlislar boʻlib oʻtmoqda. AQShda Assanj 175 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala