Prezident Rasul Kusherbayev kabi faol deputatlarni maqtadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaRasul Kusherbayev, deputat
Rasul Kusherbayev, deputat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan buyon muammoli vaziyatlarda chekkada tomoshabin bo‘lib turgan deputatlarni xalq qabul qila olmaydi - prezident.

TOShKENT, 20 yanv – Sputnik. Bugun bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yangi chaqiriq deputatlari majlisida, Shavkat Mirziyoyev o‘tgan davrda faol bo‘lgan deputatlarni alohida qayd etdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Xususan, prezident Rasul Kusherbayev, Shuhrat Polvonov va Alisher Hamroyev nomlarini alohida aytib, ularning jonkuyar faoliyati saylovchilarga ma’qul bo‘layotganini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Rasul Kusherbayevning faoliyatini alohida e’tirof etdi. “Ayniqsa, Rasul to‘g‘risida ko‘p gaplar bo‘ladi, hammagayam yoqmaysan, menga yoqasan”, - dedi prezident.

Shundan so‘ng, prezident ushbu deputatlarni o‘rnilaridan turishni so‘radi va ularni boshqalarga namuna bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. “Sizlarga tashakkur! Sog‘ bo‘linglar”, - dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev aytishiga qaraganda, muammoli vaziyatlarda xalq o‘zi saylagan deputatlari xalq fikrini ifoda etishini, unng manfaatini himoya qilishini istaydi. Bundan buyon bir chekkada tomoshabin bo‘lib turgan deputatlarni xalq qabul qila olmaydi.

Yangiliklar lentasi
0