Bir guruh niqobli shaxslar Toshkent dorixonalariga hujum uyushtirdi

CC BY-SA 3.0 / Tobias "ToMar" Maier / A rib-knit three-hole balaclavaChelovek v maske balaklavi. Arxivnoe foto
Chelovek v maske balaklavi. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil 9-yanvar kuni kechki soat 20:00 larda yuziga niqob taqqan, oshxona pichog‘i va maxsus yasalgan tayoq bilan qurollangan noma’lum shaxslar uchta dorixonaga hujum uyushtirdi.

TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. Bir guruh niqobli shaxslar tomonidan Toshkent shahridagi uchta dorixonaga hujum uyushtirilganligi aytilmoqda. Bu haqda IIBB axborot xizmati ma’lum qildi.

Ubit izvestniy uzbekskiy dizayner i xoreograf Nariman Grigoran - Sputnik O‘zbekiston
Grigoranni o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi

Hodisa joriy yilning 9-yanvar kuni kechki soat 20:00 larda sodir bo‘lgan. Yuzlariga niqob taqqan, oshxona pichog‘i va maxsus yasalgan tayoq bilan qurollangan noma’lum shaxslar shahardagi uchta dorixonalarga hujum uyushtirgan. 102 raqamiga qilingan murojaat asosida voqea joyiga yetib kelgan IIBB xodimlari tomonidan ushbu shaxslar qo‘lga olingan.

Qo‘lga olingan shaxslar sodir etgan xatti-harakatlari yuzasidan so‘roq qilinganda, ushbu uch dorixonalarda psixotrop dori vositalari sotilib kelinganligi, bunga chek qo‘yish maqsadida shu ishni qilganliklarini ma’lum qilishgan.

Ammo jinoyatga qarshi kurashgan jinoyatchilarning dorixona kassalaridan olgan 12 mln so‘mlik pul mablag‘lari, dorixona xodimlariga tegishli bo‘lgan “Iphon+7” hamda “Samsung S-9” rusumli telefon apparatlarini talon-taroj qilib, voqea joyidan yashiringanliklari ular bergan ko‘rsatmaga mutlaqo zid.

Bundan tashqari ushbu shaxslarning dorixona xodimlariga kuch ishlatib, ularning hayoti va sog‘ligi uchun zarar bo‘lgan jismlar bilan tan jarohati yetkazganliklari aniqlangan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan JKning 164-moddasi, 2-qismi a,b, bandlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Shahar dorixonalarida esa ko‘rsatma berilganidek psixotrop moddalari sotilganligi holati bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0