Eronlik deputat Trampning boshi uchun uch million dollar taklif qildi

© REUTERS / Leah MillisPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eronlik deputat Ahmad Hamza AQSh prezidenti Donald Tramp boshi uchun uch million dollar naqd to‘lashni taklif qildi.

TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. Eronlik deputat Ahmad Hamza AQSh prezidenti Donald Tramp boshi uchun uch million dollar to‘lashni taklif qildi. Bu haqda ISNA xabar qilmoqda.

“Kirmon viloyati aholisi nomidan Trampni o‘ldirib, uning boshini bizga olib keladigan kishiga uch million dollar naqd pul to‘laymiz”, -  dedi u parlamentda so‘zlagan nutqida.

Kirmon viloyati - amerikaliklar tomonidan o‘ldirilgan Eron generali Qosim Sulaymoniyning tug‘ilgan joyi.

Vid na odin iz kvartalov Tegerana - Sputnik O‘zbekiston
Eron Sulaymoniy o‘limi uchun Trampni sudga chaqirishni rejalashtirmoqda

So‘nggi haftalarda Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashdi. Vashington Tehronni ayblagan Iroqdagi AQSh elchixonasi oldida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishidan so‘ng, AQSh harbiylari Sulaymoniyni Iroqda bo‘lgan paytida o‘ldirgan.

Eron Iroqdagi Amerika bazalariga hujumlar bilan javob berdi, zarbalarda hech kim jabrlanmadi. Ammo keyinchalik Eron harbiylari tasodifan Tehrondan Kiyevga uchib ketayotgan “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” samolyotini urib tushirdi. Samolyot bortidagi barcha 176 kishi halok bo‘ldi.

Harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, samolyot Eron harbiy obyekti yaqinida uchib ketayotgan bo‘lgan va “dushman nishoni”, xususan, qanotli raketasi sifatida qabul qilingan. Shu bilan birga, Eron AQSh tomonidan hujumlarni kutayotgan bo‘lganlarini, shu sababli mamlakatning havo mudofaasi tizimlari to‘liq shay holatida bo‘lganini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0