Rossiyada migrantlar uchun call-sentr ish boshladi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishGorodskaya telefonnaya set
Gorodskaya telefonnaya set - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koll-markazi chet el fuqarolarining ijtimoiy moslashuvi va integratsiyasiga ko‘maklashish bo‘yicha ijtimoiy loyiha doirasida tashkil etilgan.

TOShKENT, 21-yanvar - Sputnik. "Rossiya Migrantlari Federatsiyasi" Umumrossiya jamoat tashkiloti mamlakatda yashash va ishlash uchun kelgan muhojirlarga yordam berish uchun Koll-markazini ishga tushirdi.

Barcha muhtojlar telefon orqali malakali mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahat olishlari mumkin.

Bundan tashqari, muhojirlar tibbiy yordamni qayerdan olish kerakligi, uyni qanday ijaraga olish, ish joyida shikastlanganda nima qilish kerakligi, hujjatlarni qanday rasmiylashtirish va ular yo‘qolganida nima qilish kerakligi haqidagi barcha savollarini berishlari mumkin.

Ishonch telefoni xodimlari rus, o‘zbek, tojik va qirg‘iz tillarida gaplashadi. Koll-sentr bilan quyidagi raqamlar orqali bog‘lanish mumkin: +7 (495) 778-3288,  +7 (963) 997-4210,  +7 (926) 130-7500. Ishonch telefonlari ish kunlari 8.00 dan 23.00 gacha va dam olish kunlari 9.00 dan 21.00 gacha ishlaydi.

Yangiliklar lentasi
0