Qoraqalpog‘iston tarixiy obidalari rekonstruksiya qilinadi - Turizm qo‘mitasi

© Telegram-kanal Insider.uzMavzoley Shamunabi v Karakalpakstane posle restavratsii
Mavzoley Shamunabi v Karakalpakstane posle restavratsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tadbiri Qoraqalpog‘iston madaniy-tarixiy obyektlarini qayta tiklash va barchaga namoyish etishga yo‘naltirilgan. 

TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. Qoraqalpog‘istonda “Ellikqal’a — turizm o‘chog‘i” nomli xalqaro anjumani o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lum qilmoqda. 

Anjuman Qoraqalpog‘istonning madaniy-tarixiy obyektlarini asrash, ularni rekonstruksiya qilish, qayta tiklash va ko‘p asrga ega tarixni barchaga, jumladan O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlarga namoyish etishga yo‘naltirilgan. 

Tadbir doirasida hududning madaniy-tarixiy obidalari namoyish etilib, ularning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.

Qayd etilishicha, xalqaro ilmiy, iqtisodiy va madaniy-ta’lim anjumani joriy yilning 22-yanvar kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Ellikqal’a” tumanida o‘tkaziladi.

 

Yangiliklar lentasi
0