O‘zbekiston aholisi koronavirusdan qay darajada himoyalangan?

Obuna bo‘lish
Koronavirusda gumon qilingan bemorlarni qabul qilish uchun Virusologiya ilmiy tekshirish institutining intensiv terapiya bo‘limida maxsus sanitar xona tayyorlab qo‘yilgan.

TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. Xitoyda tarqalgan koronavirusdan bugun O‘zbekiston hududi, xususan davlat chegarasi qay darajada himoyalangan? Ushbu savollarga mavzu doirasida AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Baxrom Almatov - Sputnik O‘zbekiston
Insonga yuqtirilgan koronavirusning dastlabki belgilari qanday?

Qayd etilishicha, bugungi kunda “Uzbekistan Airports” AJ hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Tibbiy-sanitariya xizmati tomonidan davlat chegarasi, ayniqsa, Xitoyni kesib o‘tgan shaxslarni yuqori sifatli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJda faoliyat yurituvchi stuard va stuardessalar hamda bort boshqaruvchilariga epidemik vaziyat va uning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berilgan.

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemor aniqlansa, unga qanday yordam beriladi? 

Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi direktori Bahrom Almatovga ko‘ra, koronavirusda gumon qilingan bemorlarni qabul qilish uchun Virusologiya ilmiy tekshirish institutining intensiv terapiya bo‘limida maxsus sanitar xona tayyorlab qo‘yilgan.

Qolaversa, aeroport va temir yo‘l vokzallarida ushbu kasallikda gumon qilingan bemor aniqlanganda u darhol izolyatorga izolyatsiya qilinadi, koronavirus laborator tahlilini o‘tkazish uchun namuna olinadi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasining yangi turi bo‘lgan “nCoV” ning O‘zbekiston hududiga kirib kelishi bo‘yicha ham oldindan chora-tadbirlar loyihasi ishlab chiqilgan.

Umuman kasallikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qat’iy nazoratga olingani bois mamlakat aholisining xavotirlanishiga asos yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0