Hodisalar

Nariman Grigoryanni instagramdagi tanishi oʻldirgan - OAV

© Facebook / Nariman GrigoryanUbit izvestnыy uzbekskiy dizayner i xoreograf Nariman Grigoryan
Ubit izvestnыy uzbekskiy dizayner i xoreograf Nariman Grigoryan - Sputnik Oʻzbekiston
Dizayner Narimon Grigoryanni Instagram ijtimoiy tarmogʻida yaqinda tanishgan "doʻsti" oʻldirgani maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 24 yanv - Sputnik. Qotil dizayner Narimon Grigoryan bilan bilan instagram ijtimoiy tarmogʻi orqali tanishgan. Qisqa vaqt ichida uning oʻziga toʻq ekanligini bilgach oʻzining qabih rejasini amalga oshirishga uringan, Markaziy studiya telekanaliga asosan

Nariman Grigoryan - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Pichoqlangan va yoqib yuborilgan: bosh prokuratura Nariman Grigoryan oʻlimiga oydinlik kiritdi

Qotillikda gumon qilinayotgan shaxs A.A. dizayner Narimon Grigoryan bilan 2019-yilning dekabr oylarida instagram ijtimoiy tarmogʻi orqali tanishgan. U qisqa vaqt ichida dizaynerning oʻziga toʻq ekanligini anglab yetgan va 2020 yilning 13 yanvar kuni koʻnglidagi shum rejasini amalga oshirish payida boʻlgan.

U qoʻliga pichoq va 1 l baklajkada benzin olib, Narimonga qoʻngʻiroq qilgan va uning uyiga borayotganligini aytgan. 

Qotil dizaynerni u yashayotgan uyda oʻldirib, marhumga tegishli elektron sigaret chekish moslamasi, 625 AQSH dollari, ikkita ayfon rusumli telefon apparati, naushnik va kaptiva rusumli avtomashina kalitini olgan. Marhumning ustiga esa benzinni sepib, yoqib yuborgan va xonadon eshigini yopib jinoyat joyidan uzoqlashgan.

Qotilga nisbatan  2020 yilning 17 yanvar kuni ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish chorasi qoʻllanilgan. 24 yoshli ayblanuvchining yonidan  marhum dizaynerga tegishli boʻlgan 400 AQSH dollari, 1 million 60 ming soʻm pul, naushnik va 1 dona elektron sigaret chekish moslamasi dalil sifatida olingan.

Qotil tomonidan yoqib yuborilgan dizaynerning jasadi 1 va 2 % kuyganligi aniqlangan. Ayni damda mazkur jinoyat yuzaisdan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala