AQSh Afg‘onistonga 60 million dollarlik yordam beradi

Obuna bo‘lish
O‘tgan yilning sentabrida AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo AQSh hukumati Afg‘onistondagi energetik infratuzilma loyihasi uchun ajratilgan 100 million dollarni chaqirib olayotganini e’lon qilgandi

TOShKENT, 25 yanv - Sputnik. AQSh Hukumati Afg‘onistonga berilishi ko‘zda tutilgan va o‘z vaqtida muzlatib qo‘yilgan 60 million dollarlik yordamni muzlatishdan chiqardi. Chunki AQSh prezidenti Donald Tramp administratsiyasi mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashda rivojlanish borligini ko‘rdi, deb xabar qildi jurnalistlarga Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Elis Uells.

Prezidentskie vibori v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston prezidenti saylovlarining dastlabki natijalari e’lon qilindi

O‘tgan yilning sentabrida AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo AQSh hukumati Afg‘onistondagi energetik infratuzilma loyihasi uchun ajratilgan 100 million dollarni chaqirib olayotgani, shuningdek, xaridlarning shaffof emasligi tufayli 60 million dollar ajratishni ham vaqtincha to‘xtatayotgani haqida bayonot bergan edi.

"Davlat kotibi (Mayk) Pompeo kamchiligi bor sohalarni belgilab ko‘rsatganida, biz Afg‘onistonda keng ko‘lamda korrupsiya davom etayotgani haqida xavotirga bordik. Men davlat kotibimiz belgilab ko‘rsatgan sohalarda Afg‘oniston hukumati tomonidan taraqqiyot bo‘lganidan va 60 million dollarlik miqdorda yordam ajratilayotganidan xursandman", - deb aytgan Uells.

Yangiliklar lentasi
0