Analitika

AQShning Bagʻdoddagi elchixonasiga uyushtirilgan otishmaning sababi nimada – ekspert fikri

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka oʻtishGoroda mira. Mosul
Goroda mira. Mosul - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQShning Bagʻdoddagi elchixonasi oʻqqa tutilishi oqibatida bir necha kishi jarohat oldi. Harbiy siyosatshunos Andrey Koshkin Iroqning Amerikani qoʻllab-quvvatlovchi qismi vaziyatni nazorat qilishni qoʻldan chiqarmoqda deb hisoblaydi.

“Yashil hudud” va AQShning Bagʻdoddagi elchixonasi raketalar bilan oʻqqa tutilishi natijasida bir necha kishi jarohat oldi. Bu haqda RIA Novosti “as-Sumariya” telekanaliga tayangan holda xabar qildi.

Elchixonadagi odamlar vertolyot yordamida evakuatsiya qilindi.

Avvalroq OAV AQSH elchixonasi hududiga uchta raketa kelib tushganligi haqida xabar bergan edi.

Bagʻdodning “Yashil hududi” vaqti-vaqti bilan raketa hujumlarining nishoniga aylangan. Xususan, 20 yanvar kuni kechqurun Amerika elchixonasi yaqiniga raketalar tushdi, shunda qurbonlar va vayronagarchiliklar boʻlmagan.

Harbiy siyosatshunos, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining siyosiy fanlar va sotsiologiya kafedrasi mudiri Andrey Koshkin ushbu vaziyatga izoh berdi

Amerikanskiy morskoy pexotinets na territorii posolstva SSHA v Bagdade, Irak. 4 yanvarya 2019 - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Bagʻdoddagi AQSH elchixonasi yaqiniga 3ta raketa kelib tushdi

“Biz ularning Iroqning diplomatik hududi boʻlgan “yashil hudud” oʻqqa tutilayotgani haqida maʼlumotlarni doimiy ravishda olib turamiz va bu mamlakatda vaziyatni barqarorlashtirish uchun xayrixoh alomat emas. Menimcha, bunday otishmalar, afsuski, takrorlanib boradi. Bu kabi oʻqqa tutilishlar, koʻrinishidan, bugun mamlakatdagi amerikaparast hukumat nazoratidan chiqib ketgan ichki vaziyat va AQSH oʻzlarini vaziyat xoʻjayini deb his qilishlari istagi bilan bogʻliq. Va bu, ehtimol, shunga oʻxshash hodisalarning roʻy berishining sababchisi. Shuning uchun AQSH Yaqin Sharqda oʻz qismati haqida, va ehtimol, Yaqin Sharq mamalakatlari, va aynan Iroqga nisbatan oʻz siyosatini qayta koʻrib chiqishi kerak “, – deb Andrey Koshkin Sputnik radiosi efirida.

Dekabr oxirida Amerika kuchlari Suriya va Iroqdagi shia mazhabidagi “Katayib Hizbulloh” nishonlariga zarba berganidan keyin Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashdi. Shundan keyin harakat tarafdorlari Bagʻdoddagi Amerika diplomatik vakolatxonasiga hujum boshladilar. Keyin Vashingtonning oʻtkazilgan maxsus amaliyoti davomida Eron generali Qosim Sulaymoniy va Iroq shialari koʻngillilari rahbarining oʻrinbosari Abu Mahdi al-Muhandis oʻldirilgan. AQSH ularni AQSH elchixonaga hujum uyushtirishda ishtirok etgan deb hisoblaydi.

8 yanvarga oʻtar kechasi Eron AQShning Iroqdagi bazalariga raketa hujumlarini uyushtirdi va bu Sulaymoniyning oʻldirilishi uchun oʻch olish deb atadi.

Yangiliklar lentasi
0