Chiroqchida odam o‘ldirishda gumon qilinayotgan bir necha IIB xodimlari qamoqqa olindi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoMujchina derjit naruchniki
Mujchina derjit naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Chiroqchi tumanida yashovchi 32 yoshli erkak uyidan tuman IIB xodimlari tomonidan olib ketilgani, bir kun o‘tib esa IIBdan uning murdasi chiqqani haqida xabarlar tarqalgan edi.

TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. Qashqadaryo viloyat prokuraturasi Chiroqchi tumanida mol o‘g‘riligida gumon qilingan shaxs IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani haqidagi xabar uzasidan munosabat bildirdi.

“2020 yilning 23-yanvar kuni soat 01:50 da Chiroqchi tumanning Langar qishlog‘ida sodir etilgan chorva mollari o‘g‘riliklarini fosh etish borasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida o‘g‘irlikda gumon qilinib Chiroqchi tumani IIO FMB binosiga olib kelingan Yu.A vafot etgan”, - deyiladi viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabarida.

SIZO - Sputnik O‘zbekiston
IIBda xizmat xonasida sog‘lig‘i yomonlashib vafot etgan shaxs yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB xodimlariga nisbatan JKning 206-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi ochilgan. Hozirda tergov harkatlari olib borilmoqda.

Jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Xabarda tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot berilishi qo‘shimcha qilingan.

Avvalroq “Daryo” nashrida Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi 32 yoshli erkak 22-yanvar kuni yashash uyidan tuman IIB xodimlari tomonidan olib ketilgani, 23-yanvar kuni esa IIBdan uning murdasi chiqqani haqida xabar e’lon qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0