Jamiyat

“Dunyo miqyosida xavotirli tus olmoqda”: SSV ham xorijga chiqmaslikni tavsiya qildi

© Informatsionnaya slujba Ministerstva zdravooxraneniyaZdaniye ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana
Zdaniye ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ayni paytda Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi boʻyicha epidemik vaziyatning barqarorligi kuzatilmoqda. Xitoydan va boshqa chet davlatlardan ushbu infektsiyaning kirib kelish holatlari qayd etilmagan.

TOSHKENT, 27 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston Sogʻlini saqlash vazirligi fuqarolarga Xitoyga, zarurat boʻlmaganda xorijga vaqtinchalik chiqmaslikni tavsiya qilmoqda.

Natsionalnыy flag Kitaya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Uxandan qaytib kelgan talabalarga mutaxassislar bilan bogʻlanish qatʼiy tavsiya qilindi

“Koronavirus boʻyicha yuzaga kelgan murakkab epidemik vaziyat dunyo miqyosida xavotirli tus olmoqda. Rivojlangan davlatlar, jumladan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tailand, Vyetnam, Singapur, Tayvan, Frantsiya va AQShda ham ushbu virus aniqlangan", –deydi sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov. 

Vazirning soʻzlariga koʻra, ushbu epidemik vaziyatga qarshi mamlakatda kerakli barcha choralar koʻrilmoqda. Xususan, havo, avtomobil va temir yoʻl transporti obʼyektlarida sanitariya-epidemiologiya va migratsiya nazorati kuchaytirilmoqda. Xitoydan qaytayotgan fuqarolarga tibbiy nazorat oʻrnatilgan. Ammo bu xavfsizlikni toʻliq kafolatlaydi, degani emas.

“Negaki, koronavirus infektsiyasi havo tomchilari orqali oʻtishi, insondan insonga yuqishi, shuningdek, kasallikning yashirin davri 1 – 14 kungacha kechishi jiddiy xavotir uygʻotmoqda. Shu bois fuqarolarimizdan Xitoyga, zarurat boʻlmaganda, boshqa xorijiy davlatlarga ham vaqtinchalik bormaslikni tavsiya qilaman”, - dedi Shodmonov.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda mavsumiy gripp kasalligi va koronavirus infektsiyasi boʻyicha tizimli ravishda epidemik nazorat yoʻlga qoʻyilgan.

Ayni paytda respublikada koronavirus infektsiyasi boʻyicha epidemik vaziyatning barqarorligi kuzatilmoqda. Xitoydan va boshqa chet davlatlardan ushbu infektsiyaning kirib kelish holatlari qayd etilmadi. Mamlakatda epidemik vaziyat barqarorligini taʼminlash maqsadida SSV muayyan profilaktik tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bu borada aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Oʻzbekiston Xitoydagi koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazoratni kuchaytirdi

Bundan tashqari, koronavirus infektsiyasiga gumon qilingan bemorlar uchun Virusologiya ilmiy tekshirish va Emidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutlari klinikasi, Qoraqalpogʻiston SSV, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining yuqumli kasalliklar shifoxonalarida maxsus boks palatalari, ular uchun tegishli dori-darmonlar zaxirasi yaratilgan.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyalari hamda hududlardagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bosh vrachlariga chet davlatlarda kuzatilayotgan koronavirusning yangi turi bilan bogʻliq murakkab epidemik vaziyat boʻyicha hushyorlikni oshirish va bu kasallikning respublika hududiga kirib kelishining oldini olish borasida chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida tavsiya va topshiriqlar berilgan.

Xitoyda koronavirus qurbonlari soni tez koʻpaymoqda

Shuningdek, vazirlik Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga koronavirus boʻyicha epidemik vaziyat barqarorlashgunga qadar zarurat boʻlmagan hollarda Xitoyga oʻzbekistonlik sayyohlarni yubormaslik toʻgʻrisida ham tavsiya bergan.

Yangiliklar lentasi
0