TOSHKENT, 27 yanv – Sputnik. 2020 yilning yanvar oyida Oʻzbekistonda birinchi ISUZU D-Max pikaplari sotuvi boshlandi, deb xabar qilmoqda SamAuto matbuot xizmati.
“Joriy yilning 20 yanvaridan 24 yanvariga qadar SamAuto zavodi yangi avtomobillarni birinchi marta yuklab joʻnatdi. Birinchi turkum 9 ta pikapdan iborat boʻldi” – deyilgan xabarda.
Xaridorlar avtomobilning ikki qatorli kabina, 4 ta yoʻlovchilar oʻrindigʻi, hajmi 3 litrlik dvigatel va avtomatik uzatish qutisi bilan jihozlangan D-MAX IRBIS modifikatsiyasini afzal koʻrdilar.
D-MAX IRBIS 4ta yoʻlovchi oʻrindigʻiga ega boʻlib 865 kilogram yuk koʻtarishi mumkin.
Oʻzbekistonda pikaplar realizatsiyasi bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarida joylashgan 8 ta dilerlik markazlari shugʻullanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, ISUZU D-Max pikaplari taqdimoti 2019 yilning noyabr oyida boʻlib oʻtgan edi. Oʻshanda avtomobillar 3 ta modifikatsiya va 7 ta rangda taqdim etilgan edi. Ularning narxi 270 milliondan 380 milliongacha soʻmni tashkil etadi.