Dunyoda

Rossiyada yaponiyalik jurnalist maxfiy maʼlumotlarni toʻplaganlik uchun qoʻlga olindi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka oʻtishSotrudnik Federalnoy Slujbы Bezopasnosti Rossii
Sotrudnik Federalnoy Slujbы Bezopasnosti Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyada yaponiyalik jurnalist ushlandi. U Rossiyaning Uzoq Sharqdagi harbiy salohiyati toʻgʻrisidagi maxfiy maʼlumotlarni olishga uringan.

TOSHKENT, 27 yanv - Sputnik. Vladivostokda Rossiyaning Uzoq Sharqdagi harbiy salohiyati toʻgʻrisidagi maxfiy maʼlumotlarni olishga uringan Yaponiya fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, yaponiyalikni huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari oʻtgan yilning 25 dekabrida qoʻlga olishgan. Rossiyaga jurnalistik viza bilan kelgan qoidabuzarga rasmiy ogohlantirish eʼlon qilingan. Shuningdek, unga Rossiyani tark etish uchun 3 kun berilgan. Yaponiya fuqarosi allaqachon Rossiyani tark etgan.

“Yaponiyalik diplomatlarga norozilik notasi topshirilgan. Moskvadagi elchixona maslahatchisi TIVga tushuntirish uchun chaqirtirilgan”, - deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0