Ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar uni sotib olishi mumkinmi?

© SputnikTrudovaya knijka
Trudovaya knijka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AOKAdagi matbuot anjumanida yakuniy hisobga yetmayotgan fuqarolarning stajini xarid qilishi mumkinligi borasidagi savolga javob qaytarildi.

TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar uni sotib olishi mumkinmi degan savolga javob berildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Qayd etilishicha, qonunga muvofiq, ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga nafaqa to‘lanmaydi. Ammo ularning ijtimoiy himoyasi Vazirlar mahkamasining 2011-yil aprel oyida qabul qilingan 107- sonli qarori bilan tartibga solinadi.

Zadumchivaya jenshina - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda pensiya tizimi qachon raqamlashtiriladi?

Jumladan, bir yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarga nafaqa tayinlanmaydi. Lekin u jazoni o‘tash muassasasidagi 65 yoshga to‘lgan mahkum erkak bo‘lsa,  yoki 60 yoshga to‘lgan ayol bo‘lsa, u nafaqa bilan ta’minlanishi lozim.

Matbuot anjumani ishtirokchilariga yakuniy hisobga yetmayotgan fuqarolarning stajini xarid qilishi mumkinligi borasida savol bilan murojaat qilindi.

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati bo‘lim boshlig‘i — Shuhrat O‘taganovning ta’kidlashicha, 2020-yilning aprel oyiga qadar pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasi taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu konsepsiyada ish stajini xarid qilish masalasi bo‘yicha takliflar bayon etilib, umumxalq muhokamasiga qo‘yiladi.

Yangiliklar lentasi
0