Analitika

Rubl nihoyat neftga mutanosiblikdan xalos boʻldi - ekspert

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bu safar neft arzonlashishi rublga taʼsir qilmadi - nihoyat Rossiya valyutasi neft narxiga mutanosiblikdan xalos boʻlgan boʻlsa?

TOSHKENT, 28 yanv - Sputnik. Xitoyda koronavirus epidemiyasi tufayli neft arzonlashmoqda, rivojlanayotgan mamlakatlarning valyutalari kuchsizlanmoqda, ammo rubl barqarorligicha qolmoqda. Aftidan, milliy pul birligi xom ashyoga qaramligidan butunlay xalos boʻlgan, deb yozadi RIA Novosti muallifi Aleksandr Lesnыx. 

Barqaror va mustaqil

Neft narxlari sarosimada. Yil boshida Brent etalon markasi narxi AQSH-Eron mojarosining keskinlashishi sababli ikki dollarga koʻtarildi va Xitoyda koronavirus epidemiyasi avjiga chiqqan paytda yana pasayib ketdi.

Birja xodimi ishi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Neft narxi oshmoqda, dollar - tushmoqda

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, agar Iroqda raketa hujumlaridan keyin narxning koʻtarilishi hissiyotga berilish natijasi boʻlgan boʻlsa, endi energiya tashuvchilari bozoriga haqiqiy xavf taxdid qilmoqda. Goldman Sachs tahlilchilarining taʼkidlashicha, epidemiya tufayli neft mahsulotlari isteʼmoli kuniga 260 ming barrelga kamayadi - 170 mingi faqat sayyohlik reyslarining bekor qilinishi tufayli kamayadi.

Natijada, oyning oxiriga kelib Brent barreli toʻqqiz foizga - 66,6 dan 60,7 dollargacha, Rossiya Urals esa 13 foizga, 66,3 dan 57,8 dollargachagacha tushdi. Har doimgidek, jahon bozoridagi keskinliklar rivojlanayotgan mamlakatlar milliy valyutalarining zaiflashuviga aylandi.

Braziliyalik real eng koʻp yoʻqotdi, dollarga nisbatan toʻrt foiz yoʻqotdi. Chili pesosining kursi 3,2% ga, Ukraina Grivnasi - 3 foizga tushdi. Janubiy Afrikadagi rend va Tayland bati bahosi 2,8 va 2 foizga zaiflashdi. Xitoyning offshor yuani oʻtgan haftada yil boshidan beri minimal darajaga tushib, bir yarim foizga pasayib ketdi.

Peregovorы prezidenta RF V. Putina s korolem Saudovskoy Aravii S. Al-Saudom - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Neft-dollar tizimi bir kunda qulashi mumkin - Reuters

Rubl oʻzini ancha ishonchli tutdi. Moskva birjasida materialni tayyorlash paytida bir dollarga 62,6 rubl taklif qilindi. Oyning boshida - 62,01, farq bir foizdan ham kam.

Yillik dinamika yanada ravshan: neftning narxi 1,2 dollarga arzonlashdi, Rossiya valyutasi esa 5,5 foizga kuchaydi.

Bu 2018 yilda Moliya vazirligi tomonidan kiritilgan byudjet qoidasining taʼsiri. Unda xisob-kitob narxi bir barrel uchun 40 dollar miqdorida belgilangan. Oʻshandan beri Rossiya Banki "ortiqcha daromadlar" xisobiga Milliy farovonlik jamgʻarmasi (FNB) uchun valyuta sotib olmoqda.

Ushbu chora Gʻarb ekspertlar hamjamiyati tomonidan ham ijobiy baholandi. Xususan, Xalqaro valyuta jamgʻarmasining sobiq rahbari Kristin Lagardning taʼkidlashicha, natijada rubl tub barqarorlikka erishmoqda va shunga mos ravishda xorijiy sarmoyadorlar Rossiya qimmatli qogʻozlariga faolroq sarmoyalar kiritmoqdalar.

Eng yaxshi sarmoya

2019 yilda ichki aktivlar dunyodagi eng daromadlilar qatoriga kiritildi. Shunda, Russia 43  yevroobligatsiyalarining daromadliligi 33 foizga dollarda oʻsdi va rublda koʻrsatilgan 30 yillik OFZ 46020 ning daromadi esa 28 foizni tashkil etdi - bu oʻtgan yilning eng yaxshi sarmoyaviy gʻoyalaridan biri sifatida tan olingan palladiyga kiritilgan sarmoyalar bilan bir xil.

Zoloto - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Rossiya, Xitoy, Hindiston nega tinimsiz oltin sotib olmoqda?

"OFZ singari xavf-xatarsiz konservativ vosita uchun daromadlilikning oʻxshash darajasi noyob holatdir", deb taʼkidlaydi "BKS Premyer" investitsion strategi Aleksandr Baxtin.

Rossiyaning suveren qarz qimmatli qogʻozlariga qiziqish hozirda rekord darajaga ekanligii ajablanarli emas. 22-yanvar kuni Moliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi kim oshdi savdosida 58 milliard rubllik obligatsiyalari xaridorga bitta taklifda sotildi. Bu ilgari boʻlmagan. Shu bilan birga, OFZni xorijiy investitsiya fondini sotib olganiga koʻplab bankirlar amin.

Valyuta bozorlarida ham shunga oʻhshash holat. Savdo Fyucherslari savdosining Komissiyasining maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan hafta boshqaruv fondlarining rublning uzoq pozitsiyalari Chikagodagi savdo birjasida 41,7 mingdan 43,6 mingta shartnomagacha koʻtarildi.

Shu bilan birga, dollarni rublga sotib olish investorlarga faqat zararlarni keltirib chiqardi rivojlangan mamlakatlarning obligatsiyalari boʻyicha daromadlar esa koʻpincha salbiy zonaga tushib ketdi.

Aktivlar nisbati 

Rublning makroiqtisodiy barqarorligida nafaqat Moliya vazirligi, balki Rossiya Bankining ham hissasi bor. Garchi baʼzi tahlilchilar norezidentlarning rubl aktivlaridan toʻsatdan chiqib ketish xavfi borligiga ishora qilsalar-da, Markaziy bankning oltin-valyuta zahiralari statistikasi buning aksini koʻrsatmoqda.

Zolotыe slitki - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya aholisiga dollar oʻrniga oltin taklif qilindi

Gap shundaki, yil davomida regulyator 159 tonna oltin sotib olib, zaxiradagi aktivlar nisbatini oʻzgartirdi. Rossiya bankining oltin-valyuta zaxiralari 554,4 milliard dollarga etdi, bu 2008 yilning sentyabr oyidan beri eng yuqori koʻrsatkich boʻlib, mamlakatning tashqi qarzidan 16 foizga koʻpdir.

Eslatib oʻtamiz, tashqi bozorlardagi notinchliklar sababli yanvar oyida oltinning bir troya untsiyasi narhi 1520 dollardan 1582 dollargacha koʻtarildi. Bu shuni anglatadiki, Rossiya Markaziy bankining oltin-valyuta zaxiralari bir oy davomida deyarli 4,5 milliardga oshdi.

Yangiliklar lentasi
0