Dunyoda

Shifokor barvaqt qarishga olib keluvchi mahsulotlarni maʼlum qildi

Ispaniyalik parhezshunos-shifokor Yelena de la Fuente Idalgo erta qarishni oldini olish yuzasidan oʻz tavsiyalarini berdi.

TOSHKENT, 28 yanv – Sputnik. Ispaniyalik parhezshunos-shifokor Yelena de la Fuente Idalgo erta qarishni oldini olish yuzasidan oʻz tavsiyalarini berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Vrach izmeryayet diametr jivota, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Parhezshunos ozishga koʻmaklashuvchi mahsulotlarni aytdi

"Qarishga qarshi choralar haqida gapirilganda, biz odatda jismoniy mashqlar zarurligiga eʼtibor qaratamiz, ammo eng asosiysi - sogʻlom ovqatlanish bilan birgalikda toʻgʻri parhez haqida unutamiz. Bular birgalikda tanamizdagi oksidlanish stressi va organizm hujayrlari qarishini sekinlashtiradi", - dedi shifokor La Vanguardia nashriga bergan intervyusida.

Shifokor ovqatlanishda yangi mavsumiy meva va sabzavotlar, dukkakli oʻsimliklar, yongʻoqlar, achitilgan (fermentlangan) sut mahsulotlari - masalan, yogurt yoki kefirni asos qilib olishni maslahat berdi.

Bundan tashqari, alkogol ichimliklardan voz kechish kerak, bu olimlarning fikriga koʻra, DNKni himoya qiladigan xromosomalar - telomerlarning qisqarishi bilan bogʻliq. Har bir hujayra boʻlinishi bilan ular qisqaradi va ularning uzunligi yetarli boʻlmaganda, hujayra nobud boʻladi.

Mutaxassis "qarilikka olib keladigan" mahsulotlar boʻyicha - qovurilgan kartoshka, tarkibida koʻp miqdorda transs yogʻlar boʻlgan margarinni, shuningdek shakar va tuzni alohida ajratdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala