Dunyoda

Tashqi razvedka rahbari afsonaviy razvedkachilar ismini oshkor qildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka oʻtishP/k predsedatelya Rossiyskogo istoricheskogo obщestva S. Narыshkina
P/k predsedatelya Rossiyskogo istoricheskogo obщestva S. Narыshkina - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin Rossiya xavfsizligini taʼminlashga hissa qoʻshgan taniqli yetti nafar nolegal-razvedkachilar ismini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 28 yanv – Sputnik. Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin Rossiya xavfsizligini taʼminlashga hissa qoʻshgan taniqli yetti nafar nolegal-razvedkachilar ismini maʼlum qildi.

Prezident RF V. Putin provel zasedaniye Sovbeza RF - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tashqi razvedka rahbari Al-Bagʻdodiyning oʻlimi haqida xabari yuzasidan izoh berdi

“Bular - Rossiya qahramoni Yuriy Anatolyevich Shevchenko, Sovet ittifoqi qahramonlari Yevgeniy Ivanovich Kim, Mixail Anatolyevich Vasenkov, Rossiya qahramoni Vitaliy Vyacheslavovich Netiksa va uning rafiqasi Tamara Ivanovna Netiksa hamda Vladimir Iosifovich Loxov i Vitaliy Alekseyevich Nuykin”, - dedi Narishkin MIA “Rossiya segodnya” XAAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida.

Dekabr oyida Narishkin, Tashqi razvedka xizmati oʻzining 100 yilligini nishonlash arafasida, yetti "maxsus zaxira xodimi" ismlarini rasmiy ravishda oshkor qilishga qaror qilganini aytdi. Bu xizmat bir necha taniqli nolegal-razvedka agentlarini oshkor qilish birinchi holati hisoblanadi. Ularning toʻliq tarjimai hollari keyinroq Tashqi razvedka xizmati matbuot xizmati tomonidan eʼlon qilinadi.

Nolegal razvedkachi - bu xorijda boshqa mamlakat fuqaroligi ostida ishlaydigan razvedkachi hisoblanadi.  Oʻz vaqtida oshkor qilingan afsonaviy nolegal-razvedkachilar - Dmitriy Bistroletov, Yakov Serebryanskiy, Naum Eyitingon, Aleksandr Korotkov, Uilyam Fisher (Rudolf Abel), Konon Molodiy, er-xotin Gevork va Goar Vartanyan shuningdek, Aleksey Kozlov ismlari ochiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0