Hodisalar

Qalbaki diplom va ish: Kosonda pora olayotgan maktab direktori qoʻlga tushdi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka oʻtishDenejnыe kupyurы i monetы raznыx stran
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kosonda maktab direktori qalbaki diplom tayyorlab berish va maktabga ishga joylashtirish uchun fuqarodan 800 dollar talab qildi.

TOSHKENT, 28 yanv — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 98-maktab direktori N.Z. 800 dollar pora olayotgan vaqtda qoʻlga olindi.

Genprokuror Uzbekistana Nigmatulla Yuldashev. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bosh prokuror oliy taʼlim sohasida korruptsiya tarqalgan yoʻnalishlarni sanab oʻtdi

Viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabariga koʻra, maktab direktori fuqaroga oʻrta-maxsus maqomini beruvchi qalbaki diplom tayyorlab berish va shu qalbaki diplom bilan oʻzi rahbarlik qilayotgan maktabga ishga qabul qilishni vaʼda qilgan.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda direktor 800 dollarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Aniqlik kiritilishicha, u diplom uchun 300 dollar va ishga joylashtirish uchun 500 dollar talab qilgan.

Hozirda unga nisbatan JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan (Tamagirlik yoʻli bilan pora olish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0