O‘zbekiston 2025-yilda sayyohlar sonini 12 millionga yetkazmoqchi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishTuristi fotografiruyutsya u mavzoleya Gur-Emir i usipalnisi Tamerlana v Samarkande
Turisti fotografiruyutsya u mavzoleya Gur-Emir i usipalnisi Tamerlana v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakatda turizm xizmatlari eksporti joriy yilda 1,5 milliard dollar, keyingi 5-yilda 3 milliard dollargacha oshiriladi.

TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekiston 2025-yilda sayyohlar sonini 12 millionga yetkazishni rejalashtirgan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev turizmni rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatga 6,7 million nafar sayyoh kelgan.

“Joriy yilda xorijdan keladigan sayyohlar sonini 7,5 millionga, 2022-yilda 10 millionga va 2025-yilda 12 millionga yetkazish rejalashtirilgan. Bu orqali turizm xizmatlari eksporti joriy yilda 1,5 milliard dollar, keyingi 5-yilda 3 milliard dollargacha oshiriladi” – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, joriy yilda 1 ming 700 taga, kelgusi 5-yilda 3 mingtagacha ko‘paytirish kerak. Oilaviy mehmon uylarini ham 2 mingtaga yetkazish zarur. Bular orqali turizm sohasida yiliga kamida 30 mingta yangi ish o‘rni yaratish maqsad qilingan.

Ellik-kala, Karakalpakstan - Sputnik O‘zbekiston
Sahrodagi islohotlar: Ellikqal’a turizm markaziga aylanishga hozirlik ko‘rmoqda

Yig‘ilishda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Madaniyat vazirligiga turizm marshrutiga kiritilgan obyektlar sonini joriy yilda 800 taga, 2025-yilda esa 2,5 mingtaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Qishki turizmni rivojlantirish bo‘yicha 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya loyihalarini ishlab chiqib, amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Ta’kidlanishicha, mamlakat samolyot va poyezdlarida xizmat ko‘rsatish sifati pastligi, chiptalar narxi esa qimmatligi yo‘lovchilarning asosli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Oqibatda ko‘pchilik xorijiy tashuvchilar xizmatini tanlamoqda. Temir yo‘l va avia yo‘nalishlarimiz keng qamrovli va raqobatbardosh emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mirziyoyev Transport vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga O‘zbekistonning 4 aeroportida joriy etilgan “ochiq osmon” rejimidan to‘liq foydalanish, yangi avia yo‘nalishlar ochish, tezurar poyezdlar sonini ko‘paytirish, chiptalar narxini arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0