TOSHKENT, 28 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston hamkorlikda Zarafshon daryosida GES bunyod etishni muhokama qildi.
“Oʻzbekgidroenergo” AJ axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu masala ikki davlat ishchi guruhining uchrashuvida muhokama qilingan.
“Muhokama mavzusining asosiy masalasi – Tojikiston Respublikasi hududidagi Zarafshon daryosida Yavan GESini qurish loyihasi boʻldi. Loyihaning dastlabki qiymati taxminiy miqdori 282 mln. AQSH dollarini tashkil qiladi”, - deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, Yavan GESning yillik elektr energiyasini ishlab chiqarishi 140 MVtga teng boʻladi.
Tojikiston delegatsiyasi bilan yakuniy-xulosaviy uchrashuv 29 yanvar kuni oʻtkaziladi. Unda ikki tomonlama hamkorlikning kelgusi rejalariga doir masalalar yakuniy tarzda koʻrib chiqiladi.