Dunyoda

Erdoʻgʻon Trampning “asr kelishuvini” qoraladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishPrezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp “asr kelishuvini” taqdim etgan edi. Kelishuv bilan Isroil-Falastin mojarosini tartibga solishga oid takliflar bayon etilgan.

TOSHKENT, 29 yanv — Sputnik. Turkiya prezidenti Tayyib Erdogʻan AQSH rahbari Donald Tramp taklif qilgan “asr kelishuvi” “Isroilning Falastin yerlarini bosib olishini qonuniylashtirish” ekanini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Uning taʼkidlashicha, Quddusni Isroilga berish rejasi yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan xatti-harakatdir. Chunki bu falastinliklarning huquqini poymol qiladi va Isroil istilosini qonuniylashtiradi.

Prezident SSHA Donald Tramp i prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan  - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Kim birinchi gʻazablanadi. Ekspert AQSH va Turkiya munosabatlarini baholadi

“Quddus Isroilga berilmaydi. Bu reja sulh olib kelmaydi”, - dedi Turkiya yetakchisi.

Avvalroq Donald Tramp hozirgi AQSH maʼmuriyati tomonidan ishlab chiqilgan “asr kelishuvini” taqdim etgan edi. Unga koʻra, Quddus Isroilning ajralmas poytaxti boʻlib qoladi. AQSH falastinliklar uchun elchixonasini Sharqiy Quddusda ochadi. Falastinliklar esa oʻz hududini 2 barobarga oshirishlari mumkin boʻladi. Falastin yetakchisi Mahmud Abbos muzokaralarga rozi boʻlsa, AQSH unga davlat tashkil etishda yordam beradi.

“Asr kelishuvini” amalga oshirish uchun AQSH Isroil bilan qoʻshma qoʻmita tuzadi.

Falastin prezidenti Mahmud Abbos AQShning “asr kelishuviga” munosabat bildirib, Quddus sotilmasligi, kelishuv esa ilgari siljimasligini maʼlum qildi. Falastin xalqi esa ushbu kelishuvni “tarixning axlat qutisiga” uloqtirib yuboradi.

Arab davlatlari ligasi kengashi (ADL) juma, 31 yanvar kuni “asr kelishuvini” muhokama qilish uchun tashqi ishlar vazirlari darajasidagi shoshilinch yigʻilish oʻtkazadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala