TOSHKENT, 29 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston YEOIIda ishtirok etishning "ijobiy" va "salbiy" tomonlarini oʻrganmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Minskda aytdi.
“Oʻzbekistonning integratsiya birlashmalarda ishtirok etish masalasiga kelsak, prezident bu milliy manfaatlarga javob berishi kerakligini aniq qilib aytdi, biz iqtisodiy sohadagi manfaatlarimizni hisobga olamiz. Hozir ijobiy va salbiy tomonlar oʻrganilmoqda, keyinchalik ular tarozga qoʻyilib, qaror qabul qilinadi”, - deb taʼkidladi Neʼmatov jurnalistlarga.
Vazirning birinchi oʻrinbosari bu ittifoq bilan yaqin aloqani saqlashga qaratilgan tomonlarni hisobga olish kerakligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston iqtisodiyoti oʻsmoqda, bu esa yangi bozorlarni talab qiladi.
Neʼmatov YEOIIga aʼzo boʻlish masalasi Oʻzbekistonda qizgʻin muhokama qilinayotganini taʼkidladi.
"Baʼzilar bu foydali deb aytishmoqda, hamkorlik qilish, aʼzo boʻlish kerak deb aytishmoqda, baʼzilar esa bu bizning iqtisodiy manfaatlarimizga javob bermaydi deb aytishmoqda. Ekspertlik oʻrganishdan soʻng, parlament tomonidan qaror qabul qilinadi", - dedi vazirning birinchi oʻrinbosari.
YEOII - 2015 yil 1 yanvardan boshlab faoliyat koʻrsatuvchi, xalqaro integratsiya iqtisodiy birlashma hisoblanadi. Ittifoq tarkibiga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston kiradi.