TOSHKENT, 29 yanv – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda 2019-nCoV koronavirus tarqalishining oldini olish boʻyicha barcha zarur choralarini amalga oshirish yuzasidan hukumat, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Rospotrebnadzorga topshiriq berdi. RIA Novosti xabariga asosan.
“Biz dunyoning deyarli barcha mamlakatlarda, shu jumladan mamlakatimizda, har yili pnevmaniya va gripp bilan kasallanish oqibatida odamlarni yoʻqotmoqdamiz, shuning uchun bu yoʻqotishlarni minimallashtirish boʻyicha umumiy vazifa turibdi, bu holatlar boʻlmasligi uchun hamma narsa qilishimiz kerak. <...> Yangi koronavirusga kelsak, uning oʻziga xos xususiyati shundaki, bu yangi hodisa, va bu chaqiriqqa qanchalik tayyormiz”, - dedi prezident yigʻilishda.
Bundan avval bosh vazir Mixail Mishustin koronavirusga qarshi tezkor shtab aʼzolari tarkibini tasdiqlagandi.
Koronavirus 2019-nCoV
Dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey provintsiyasi markazi boʻlgan Uxan shahrida nomaʼlum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi.
Keyinchalik, kasallik qoʻzgʻatuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi. Bemorlarning soni tez fursatda oshmoqda. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 6 mingdan ortiq kishida kasallanish holatlari tasdiqlandi, 132 kishi vafot etdi, 104 kishi tuzaldi.
Eng qiyin vaziyat – Xitoyda, biroq Janubiy Koreya, Yaponiya, Kambodja, Tailand, Kanada, Vyetnam, Singapur, Nepal, Avstraliya, Malayziya, Germaniya, Shri-Lanka, Tayvan, Frantsiya va AQShda ham ushbu virus bilan kasallanganlar aniqlangan.