Jamiyat

Toshkentning qaysi tumani birinchi boʻlib yopiq issiqlik taʼminot tizimiga oʻtishi maʼlum boʻldi

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentSostoyalas vstrecha zamestitelya xokima Tashkenta Baxtiyora Raxmankulova s koreyskoy kompaniyey CMENTECH CO. LTD. i konsultantami Aziatskogo banka razvitiya
Sostoyalas vstrecha zamestitelya xokima Tashkenta Baxtiyora Raxmankulova s koreyskoy kompaniyey CMENTECH CO. LTD. i konsultantami Aziatskogo banka razvitiya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Loyiha amalga oshirilishi natijasida gaz sarfining tejalishi hamda transportirovka vaqtida issiqlik sarfi 30%dan ortiqqa pasayishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 29 yanv — Sputnik. Mirzo Ulugʻbek tumani birinchi boʻlib yopiq issiqlik taʼminot tizimiga oʻtadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Baxtiyor Rahmonqulovning Koreyaning CMENTECH CO. LTD. kompaniyasi vakillari va Osiyo taraqqiyot bankining konsultantlari bilan uchrashuvida maʼlum qilindi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, uchrashuvda Toshkent issiqlik taʼminot tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirish boʻyicha CMENTECH CO. LTD. tomonidan taklif qilinayotgan DXSH loyihasini muhokama qilingan.

“Xususan, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 2-IMni rekonstruktsiya qilish masalasini ustuvor yoʻnalish deb belgilanib, bu yoʻnalishdagi vazifalar doirasida quyidagi ishlar amalga oshirilishi koʻzda tutilgan: yopiq issiqlik taʼminot tizimiga oʻtish, modernizatsiya, eskirgan va avariya holatidagi issiqlik tarmoqlarini almashtirish, issiqlik sarfini hisoblash uchun smart-uskunalar va issiqlik tarmogʻidan intellektual boshqarish tizimidan foydalanish”, - deyilgan xabarda.

Baxtiyor Rahmonqulov yuqorida amalga oshirilayotgan ishlar tariflarning oʻsishiga olib kelmasligi kerakligini alohida taʼkidladi.

Radiator tsentralnogo otopleniya v kvartire - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonliklar issiqlik taʼminoti uchun faqat isitish davrida pul toʻlashadi

Tomonlar kompaniya fevral oyining birinchi haftasida kontseptsiya va zarur hujjatlarni taqdim qilishiga kelishib oldilar. Ishlarning qiymati taxminan 70-100 mln AQSH dollarini tashkil qilishi koʻzda tutilmoqda. Aniqroq raqamlar texnik-iqtisodiy asos tayyor boʻlganda maʼlum boʻl
qilinadi.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida gaz sarfining tejalishi hamda transportirovka vaqtida issiqlik sarfi 30%dan ortiqqa pasayishi kutilmoqda.

OTB – Toshkent issiqlik taʼminoti tizimini uzoq muddatli ijara shartlari bilan boshqaruvga topshirish boʻyicha eksklyuziv konsultant deb belgilangan. OTBning konsultant sifatidagi vazifalari chet el kompaniyalaridan tushayotgan takliflarni texnik, yuridik va moliyaviy baholanishini taʼminlashdan iborat.

Eslatib oʻtamiz, prezident qaroriga koʻra, mamlakatdagi markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimi 2019-2024 yillarda bosqichma-bosqich yopiq tizimga oʻtkazilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0