Jamiyat

Kimlarga pomidor yeyish mumkin emas? Shifokor tavsiyasi

© Sputnik / Aleksandr KondratyukSobrannыy urojay pomidorov
Sobrannыy urojay pomidorov  - Sputnik Oʻzbekiston
Parhezshunos-shifokor fikriga koʻra, pomidorni isteʼmol qilish har doim ham inson organizmiga foyda keltirmaydi.

TOSHKENT, 30 yanv – Sputnik. Parhezshunos-shifokor Yelena Solomatina fikriga koʻra, pomidorni isteʼmol qilish har doim ham inson organizmiga foyda keltirmaydi. RIA Novosti xabariga asosan.

Sbor urojaya mandarinov v Gulrыpshe - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qozogʻistonlik ayol mandarin ichidan tabletkalarni topdi

Uning soʻzlariga koʻra, organik kislotalarning koʻpligi sababli pomidor gastrit va oshqozon yaralari kasalliklarida, buyrak toshlari boʻlgan odamlarga isteʼmol qilishni tavsiya etmaydi.

“Bundan tashqari, ovqatga koʻp ketchup qoʻshishni tavsiya qilmayman. Uning tarkibiga shakar qoʻshiladi, bu esa organizm uchun foydali emas”, - deydi Solomatina.

Shu bilan birga, shifokor pomidor tarkibidagi vitaminlar, mikro va makro elementlar borligi, shuningdek, barcha organlarga antioksidant taʼsir koʻrsatadigan likopinni, prostata beziga foydali taʼsir koʻrsatib, onkologiyani oldini olish xususiyatlariga ega ekanligini eslatib oʻtdi.

Parhezshunos taʼkidlashicha, issiqlik bilan ishlov berilgan pomidorlar yangi pomidorlarga qaraganda foydaliroq, shuning uchun ularni isteʼmol qilishdan avval ularni past olovda qisqa vaqt davomida pishirish zarur.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala