Dunyoda

NI dunyoni 30 daqiqada yoʻq qilishga qodir suv osti kemalarini maʼlum qildi

© Sputnik / RIA Novosti / Fotobankka oʻtishPodvodnыy kreyser "Knyaz Vladimir" vozobnovil zavodskiye xodovыe ispыtaniya
Podvodnыy kreyser Knyaz Vladimir vozobnovil zavodskiye xodovыe ispыtaniya - Sputnik Oʻzbekiston
“National Interest” jurnali dunyoni 30 daqiqada yoʻq qilishga qodir beshta suv osti kemalarini maʼlum qildi. Ulardan uchtasi Rossiya kemalari.

TOSHKENT, 30 yanv — Sputnik. “National Interest” jurnali dunyoni 30 daqiqa ichida yoʻq qilishga qodir beshta suv osti kemalarini maʼlum qildi. Ulardan uchtasi Rossiyaga, ikkitasi esa Amerikaga tegishli.

Reytingda Rossiyaning “Borey”, “Delfin” va “Yasen-M” suv osti ballistik raketalari oʻrin olgan. Maqola mualliflari “Borey” suv osti kemasini “eng shovqinsiz suv osti kemasi” deb atashgan.

Yadernыy vzrыv - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya AQShni “oʻn marta” yer bilan yakson qilishga qodir – Xitoy OAVlari

Maqolada “Delfin” va “Yasen-M” 2 ming kilometrga Amerika qirgʻoqlariga yaqinlashishi va shu masofadan Buyuk koʻllarga qadar boʻlgan nishonlarni yoʻq qilishi mumkinligi aytilgan.

Reytingda Amerikaning “Ogayo” va “Kolumbiya” turidagi suv osti kemalari ham oʻrin olgan. Ularni qurish kelasi yilda kutilmoqda. 2031 yilda esa qurollanishga topshiriladi.

Jurnalistlarning fikriga koʻra, yuqorida keltirilgan mashinalar shunchalik qudratliki, ularning bittasi bilan 300 ga shahar kattaligidagi nishonlarni yoʻq qila oladi.

“Haqiqatdan, bu mashinalar va ularning jang aslahalari, agar uchinchi jahon urushi boshlansa, tamaddunni pitstsa buyurtma qilishga sarflanadigan vaqtga qaraganda kam vaqt ichida yoʻq qilib yuborgan boʻlardi”, - deyiladi maqolada.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala