Analitika

Putin Isroil va AQSH bilan "asr kelishuviga" rozi boʻladimi?

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishVstrecha prezidenta RF V.Putina s premyer-ministrom Izrailya B.Netanyaxu
Vstrecha prezidenta RF V.Putina s premyer-ministrom Izrailya B.Netanyaxu - Sputnik Oʻzbekiston
"Asr kelishuvi" aslida kimning manfaatlarini koʻzlagan? Moskva bunga rozi boʻladimi? Falastin nima deydi?

TOSHKENT, 30 yanv - Sputnik, Galiya Ibragimova, Sofiya Melnichuk. Benyamin Netanyaxu AQShdan endigina qaytib kelgach, Moskvaga yoʻllandi. U Vladimir Putin bilan uchrashuvda arab-isroil kelishuvi boʻyicha "asr kelishuvi" tafsilotlarini oshkor qilmoqchi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi allaqachon aniq ishora berdi: Falastin tomoni bilan kelishuv boʻlmasa, bitim amalga oshmaydi. Biroq, Netanyaxuning yana bir maqsadi bor - bu juda nozik masala.

"Isroilning eng katta doʻsti"

Putin va Netanyaxu oʻtgan hafta Iyerusalimda Xolokostni yod etish tadbirlarida koʻrishishgan. Ammo AQShda ishlab chiqilgan va shu kunlarda eʼlon qilingan Falastin - Isroil kelishuv rejasi, Isroil bosh vaziri yana Rossiya prezidenti bilan uchrashish uchun yaxshi sabab deb hisobladi.

Prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Erdoʻgʻon Trampning “asr kelishuvini” qoraladi

Netanyaxu Vashington va Tel-Avivning tinchlik tashabbuslarini Moskva tomonidan baholanishi dunyoda bu tashabbuslarni qabul qilinishiga  taʼsir qilishi mumkinligiga umid qiladi. Ammo eng muhimi, Falastinliklar har doim arab dunyosida nufuzga ega boʻlgan Rossiyaning fikriga quloq solishlari mumkin.

Biroq, Kreml Donald Tramp maʼmuriyati taqdim etgan kelishuvga xozircha oʻta vazmin munosabat bildirmoqda. Rossiya prezidentining Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari boʻyicha maxsus vakili, tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Mixail Bogdanov biron bir xulosaga kelish juda erta ekanligini aytdi.

"Biz toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarni boshlashimiz kerak (Falastinliklar bilan – muharrir izohi) va oʻzaro maqbul murosaga erishish kerak. Vashingtonning fikrlari nizoning barcha tomonlariga qanchalik mos kelishini bilmaymiz", - dedi Bogdanov Rossiya pozitsiyasini bildirib.

Moskvada taʼkidlanganidek, YEI, AQSH, Rossiya va BMTdan tashkil topgan Yaqin sharqdagi nizolarning tartibga solish "Kvarteti"ning fikrlariga eʼtibor qaratish lozim. Bryusselning oʻzi ushbu rejani tayyorlashda qatnashishga qarshi emasdi. Biroq, Tramp vositachilarning yordamidan voz kechdi. Hujjatni uning maslahatchisi va kuyovi Jared Kushner tuzgan. U, oʻz navbatida, asosan Isroilning pozitsiyasini inobatga oldi.

"Dunyoda isroilliklar va falastinliklarni yarashtirishdan boshqa murakkabroq narsa yoʻq. Ammo men mayda masalalarni hal qilish uchun prezident boʻlmadim. "Asr kelishuvi "ikkala tomon uchun ham foydalidir va bu tinchlik tomon qoʻyilgan ulkan qadamdir", - degan edi AQSH prezidenti uzoq kutilgan reja taqdimotida.

"Siz Oq uyda oʻtirganlar ichida oʻzingizni Isroilning eng yaqin doʻsti ekanligingizni namoyon qildingiz", degan edi Netanyaxu.

Bitimning mohiyati

181 sahifadan iborat "asr kelishuvi" matni siyosiy va iqtisodiy qismlardan iborat. Hujjatning siyosiy qismi "ikki xalq uchun ikki davlat" tamoyiliga asoslanadi: Falastin Isroil bilan birga dunyo xaritasida paydo boʻladi.

Hujjatda Iyerusalim Isroilning boʻlinmas poytaxti boʻlishi kerakligi belgilab qoʻyilgan. Shu bilan birga, Yahudiy davlatining suvereniteti Iordan vodiysining muhim qismiga tarqalishi mumkin.

Protestы protiv perenosa posolstva SSHA iz Tel-Aviva v Iyerusalim - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Falastin Vashingtondan elchisini chaqirib oldi

Tramp, "asr kelishuvi" arablar uchun foydalidir, chunki Sharqiy Iyerusalimni Falastinlarning poytaxti deb tan olinishini nazarda tutadi. "Kelishuvga" ilova qilingan hududiy boʻlinish xaritasiga koʻra, gap Isroil tomonidan qurilgan ajratish devori tashqarisidagi kvartallar xaqida ketmoqda.

"Kelishuv imzolangan  taqdirda, Falastin hududlari bugungi kunda ular nazorat qilayotgan hududlardan ikki baravar koʻp boʻladi", - deya tushuntirdi Tramp.

Gʻarbiy Sohil va Gʻazoning boʻlingan yerlari, amerikaliklarning fikriga koʻra, tunnellar orqali ulanishi mumkin. Ushbu hududlar ustidagi havo boʻshligʻini Falastinliklar nazorat qiladi, lekin avval ular Falastinni qurolsizlangan davlat sifatida tan olishlari kerak.

"Kelishuv" shuningdek, Isroilga qoʻyiladigan bir qator talablarni ham nazarda tutadi. Asosiysi Falastinning mustaqilligini tan olishdir. Toʻrt yil ichida Gʻarbiy sohilda yangi turar-joylar qurilishi toʻxtatilishi kerak.

Kelishuvning iqtisodiy qismi Gʻarbiy Sohilda, Gʻazo sektorida, Misr, Iordaniya va Livanda amalga oshiriladigan loyihalar atrofida qurilgan. Investitsiyalar hajmi 50 milliard dollarni tashkil etadi. Ushbu mablagʻlar, Vashington hisob-kitoblariga koʻra, falastinliklarga Fors koʻrfazidagi arab monarxiyalari tomonidan beriladi. "Kelishuv" mualliflari, shuningdek, xususiy kapital yordamiga ham umid qilishmoqda.

"Iyerusalim sotilmaydi"

"Kelishuv" toʻgʻrisidagi maʼlumotlar nashr etilishidan na oldin va na keyin ham, hech bir mamlakat Falastindagi potentsial loyihalarga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirmadi. Bundan tashqari, Yaqin Sharqdagi aksariyat davlatlar ushbu hujjatni tanqid qilishdi.

"Iyerusalim sotilmaydi, Falastinliklarning huquqlari sotilmaydi va savdo qilinmaydi. Sizning kelishuvingiz fitna, va u qabul qilinmaydi", deb gʻazablandi Falastin maʼmuriyati rahbari Mahmud Abbos.

Vstrecha glav MID RF i Gosudarstva Palestinы S. Lavrova i R. Maliki - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonga Falastin tashqi ishlar vaziri keladi

"Tramp va uning "asr kelishuvi"ning oʻrni tarix axlatxonasida. Hujjat yozilgan siyohga ham arzimaydi", dedi Sami Abu Zuhri, Gʻazo sektorini boshqaruvchi Hamas harakati vakili.

Eʼtiroz bildirish uchu, falastinliklar norozilik namoyishlariga chiqishdi. Gʻazo sektorida mitinglar hujjat taqdim etilishidan bir necha kun oldin boshlandi.

Turkiya va Eron tashabbusni keskin tanqid qildi. Misr va Iordaniya "hujjatni sinchkovlik bilan oʻrganishga" chaqirdi. Yevropada ham qarashlar ikkiga boʻlindi. Germaniya, Frantsiya, Shvetsiya amerikaliklarning tinchlik oʻrnatish harakatlarini qoʻllab-quvvatladi, ammo muammoga nisbatan bir tomonlama - Isroil tarafdori boʻlgan nuqtai nazarni qoraladi.

Angliya "kelishuvni" ni qoʻllab-quvvatladi. "Ishlab chiqilgan reja toʻgʻri yoʻnalishda muhim qadamdir", dedi Boris Jonson.

Isroillik ayolni qamoqdan chiqarish

Netantyaxuning Moskvaga kelishiga yana bir sabab bor. Bir kun oldin isroillik siyosatchilar Bosh vazir vatandoshi Naama Issaxarning ozod qilinishida shaxsan ishtirok etishni rejalashtirayotganini istisno qilmadi.

Gorod Iyerusalim - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
IHT davlatlari Sharqiy Quddusni Falastin poytaxti deb eʼlon qildi

Kuzda Sheremetevo ayeroportining tranzit zonasida 26 yoshli isroillik ayol hibsga olingan. Uning yukidan toʻqqiz gramm gashish moddasi topilgan va yetti yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Bu voqea jamoatchilikda katta shov-shuvga sabab boʻldi.

Issaxarning onasi Rossiya Prezidentiga qizini avf etish iltimosi bilan murojaat qildi. "Hammasi yaxshi boʻladi", deb Putin unga vaʼda berdi.

Yakuniy qaror yaqin kunlarda qabul qilinishi kerak. Bir necha kun oldin uning onasi Rossiyaga keldi va bir kun oʻtgach, Isroil bosh vazirining Moskvaga tashrifi maʼlum boʻldi.

Moskva ushbu hujjatga ishonmaydi 

"RIA Novosti" bilan suhbatlashgan ekspertlar "asr kelishuvi" Putin va Netanyaxu muzokaralarining asosiy mavzusi boʻlib qolishi toʻhtamiga keldi. Ammo ular Moskvaning AQSH-Isroil tashabbusiga shubha bilan qarashlari oʻzgarishi dargumon deya ogohlantirgan.

Xram Groba Gospodnya v Iyerusalime - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
BMT Bosh Assambleyasi Quddusni Isroil poytaxti deb tan olishdan bosh tortdi

"Bu mutlaqo qabul qilinishi shubhali hujjat. Bu Falastinliklarning BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi bilan belgilangan Iyerusalimning bir qismiga boʻlgan huquqlarini buzadi. Amerika rejasi xalqaro tashkilotlarda maʼqullanmadi, Falastin roziligini olmadi. Arab Davlatlari Ligasi Bosh kotibi kelishuvda falastinliklarning huquqlari buzilganini tan oldi,"- RIA Novosti bilan suhbatda Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti ilmiy rahbari Vitaliy Naumkin.

Falastinliklarning fikrlarini eshitish uchun ekspert FATX (harbiylashtirilgan tashkilot va siyosiy partiya) va Xamas harakatlarining saʼy-harakatlarini birlashtirish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.

"Gʻarbiy Sohil va Gʻazo sektorini boshqaradigan ushbu tashkilotlar endi oʻzaro kelishib olishlari va amerikaliklarning rejasi boʻyicha umumiy nuqtai nazarni kelishib olishlari kerak. Shundagina ularga quloq solinishi mumkin. Ammo muammo shundaki, Falastin ichidagi boʻlinish ushbu qiyin vaziyatda ularning manfaatlarini ilgari surishga toʻsqinlik qilmoqda."- taʼkidladi Naumkin.

Isroilga eng unumdor yerlar, Falastinga esa - anklavlar 

Yaqin sharq boʻyicha mutaxassis, siyosatshunos Nurlan Gasimovning taʼkidlashicha, bitim Gʻarbiy sohilning katta qismini Isroil nazorati ostiga oʻtkazishni nazarda tutadi.

Abdulaziz Kamilov i Mazen Shamiya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston va Falastin dolzarb masalalarni muhokama qildi

"Xozirda ushbu hudud uchta zonaga boʻlingan: A,V va C zonalari. A zonasi Falastinliklar tomonidan boshqariladigan yerlarning 17 foizini oʻz ichiga oladi. B zonasi Falastinliklar va isroilliklar tomonidan birgalikda boshqariladi. Va eng katta S zonasi hududning deyarli 60 foizini oʻz ichiga oladi va butunlay Isroil tomonidan nazorat qilinadi. Shu bilan birga, unumdor yerlar C zonasida joylashgan. Ammo asosiysi shundaki, barcha toza suv zaxiralari shu yerda toʻplangan. Isroil 1993 yilda Osloda Falastinliklar bilan nizoni hal etish toʻgʻrisida kelishuv tuzyatganda, bu yerlarda yashashga mos joylarga odamlarni joylashtirish uchun,  xaritani oʻziga maqbul holda chizgan. Tramp "asr kelishuvi" bu yerlarni toʻlaligicha soʻzsiz Isroil tasarrufiga oʻtishiga moʻljallangan. Bundan kelib chiqadiki, falastinliklar hatto toza suvga ham imqoniyatidan mahrum boʻladi", - tushuntiradi Gasimov.

Tramp Falastin davlatini yaratishni taklif qilgan hududlar, siyosatshunosning fikriga koʻra, anklavlarga boʻlingan.

"Asosan, bu A va B zonalariga tegishli boʻlgan yerlar. Ammo siz ularni koʻpriklar va tunnellar bilan bogʻlasangiz ham, Isroil ularni istalgan vaqtda osonlikcha toʻsib qoʻyishi mumkin. Bundan tashqari, davlat maʼmuriyati nuqtai nazaridan boʻlingan hududlarni boshqarish qiyin. Bu hududlarda har qanday iqtisodiy loyihalarni rivojlantirish ham oson kechmaydi. Bu kamchilikni falastinliklar ham, isroilliklar va amerikaliklar ham tushunishadi ", - deya tushuntiradi Gasimov.

"Asr kelishuvimi" yo saylovoldi kampaniya ? 

Mutaxassisning fikriga koʻra, tartibga solish rejasi Isroil va AQShdagi ichki auditoriya uchun ham moʻljallangan. "AQShda prezidentga impichment qilish jarayoni davom etmoqda. Isroilda uchinchi saylov yaqinlashmoqda. Bu vaziyatda Tramp va Netanyaxuga "asr kelishuvi" yordamida "oʻng elektoratni" safarbar qilishi foydalidir", deya aniqlashtirdi mutaxassis.

Ukrasheniye goroda Dushanbe k sammitu SVMDA - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Isroil OHICHK deklaratsiyasiga qarshi chiqdi

Kseniya Svetlova, Knessetning sobiq deputati va Isroilning Gertsliya fanlararo instituti eksperti, muhokama qilinayotgan tashabbus Netanyaxuning saylovoldi kampaniyasining bir qismi ekanligiga qoʻshiladi.

"Netanyaxu Knessetdagi yigʻilishdan oldin AQShga uchib ketdi. Parlament aʼzolari bosh vazirga korruptsiya ayblovi sababli, sud daxlsizligini berish masalasini koʻrib chiqmoqdalar. Hozirda daxlsizlikdan mahrum qilinishi unga juda zararli. Koʻp isroilliklar fikricha bosh vazirning AQSH yoki Rossiyaga tashriflarini tasdiqlaydigan shoshilinch holatlar yoʻq. Bundan tashqari, "asr kelishuvi" bir yarim yil oldin shakllangan va har doim qoldirilgan ", deb esga soladi Svetlova.

Gasimov fikricha, Netanyaxu darhol Putinning koʻmagiga erisha olmaydi. "Ikkala rahbar ham juda yaxshi munosabatlarga ega boʻlishsa-da, Putin Isroil bosh vaziriga Falastinliklarning nuqtai nazarini hisobga olish muhim degan fikrni yetkazadi. Netanyaxu Moskvani tez qoʻllab-quvvatlashiga erisha olmaydi", - deya taxmin qiladi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala