Putin Isroil va AQSh bilan "asr kelishuviga" rozi bo‘ladimi?

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidenta RF V.Putina s premyer-ministrom Izrailya B.Netanyaxu
Vstrecha prezidenta RF V.Putina s premyer-ministrom Izrailya B.Netanyaxu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Asr kelishuvi" aslida kimning manfaatlarini ko‘zlagan? Moskva bunga rozi bo‘ladimi? Falastin nima deydi?

TOShKENT, 30 yanv - Sputnik, Galiya Ibragimova, Sofiya Melnichuk. Benyamin Netanyaxu AQShdan endigina qaytib kelgach, Moskvaga yo‘llandi. U Vladimir Putin bilan uchrashuvda arab-isroil kelishuvi bo‘yicha "asr kelishuvi" tafsilotlarini oshkor qilmoqchi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi allaqachon aniq ishora berdi: Falastin tomoni bilan kelishuv bo‘lmasa, bitim amalga oshmaydi. Biroq, Netanyaxuning yana bir maqsadi bor - bu juda nozik masala.

"Isroilning eng katta do‘sti"

Putin va Netanyaxu o‘tgan hafta Iyerusalimda Xolokostni yod etish tadbirlarida ko‘rishishgan. Ammo AQShda ishlab chiqilgan va shu kunlarda e’lon qilingan Falastin - Isroil kelishuv rejasi, Isroil bosh vaziri yana Rossiya prezidenti bilan uchrashish uchun yaxshi sabab deb hisobladi.

Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Trampning “asr kelishuvini” qoraladi

Netanyaxu Vashington va Tel-Avivning tinchlik tashabbuslarini Moskva tomonidan baholanishi dunyoda bu tashabbuslarni qabul qilinishiga  ta’sir qilishi mumkinligiga umid qiladi. Ammo eng muhimi, Falastinliklar har doim arab dunyosida nufuzga ega bo‘lgan Rossiyaning fikriga quloq solishlari mumkin.

Biroq, Kreml Donald Tramp ma’muriyati taqdim etgan kelishuvga xozircha o‘ta vazmin munosabat bildirmoqda. Rossiya prezidentining Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari bo‘yicha maxsus vakili, tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Mixail Bogdanov biron bir xulosaga kelish juda erta ekanligini aytdi.

"Biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlashimiz kerak (Falastinliklar bilan – muharrir izohi) va o‘zaro maqbul murosaga erishish kerak. Vashingtonning fikrlari nizoning barcha tomonlariga qanchalik mos kelishini bilmaymiz", - dedi Bogdanov Rossiya pozitsiyasini bildirib.

Moskvada ta’kidlanganidek, YeI, AQSh, Rossiya va BMTdan tashkil topgan Yaqin sharqdagi nizolarning tartibga solish "Kvarteti"ning fikrlariga e’tibor qaratish lozim. Brusselning o‘zi ushbu rejani tayyorlashda qatnashishga qarshi emasdi. Biroq, Tramp vositachilarning yordamidan voz kechdi. Hujjatni uning maslahatchisi va kuyovi Jared Kushner tuzgan. U, o‘z navbatida, asosan Isroilning pozitsiyasini inobatga oldi.

"Dunyoda isroilliklar va falastinliklarni yarashtirishdan boshqa murakkabroq narsa yo‘q. Ammo men mayda masalalarni hal qilish uchun prezident bo‘lmadim. "Asr kelishuvi "ikkala tomon uchun ham foydalidir va bu tinchlik tomon qo‘yilgan ulkan qadamdir", - degan edi AQSh prezidenti uzoq kutilgan reja taqdimotida.

"Siz Oq uyda o‘tirganlar ichida o‘zingizni Isroilning eng yaqin do‘sti ekanligingizni namoyon qildingiz", degan edi Netanyaxu.

Bitimning mohiyati

181 sahifadan iborat "asr kelishuvi" matni siyosiy va iqtisodiy qismlardan iborat. Hujjatning siyosiy qismi "ikki xalq uchun ikki davlat" tamoyiliga asoslanadi: Falastin Isroil bilan birga dunyo xaritasida paydo bo‘ladi.

Hujjatda Iyerusalim Isroilning bo‘linmas poytaxti bo‘lishi kerakligi belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, Yahudiy davlatining suvereniteti Iordan vodiysining muhim qismiga tarqalishi mumkin.

Protesti protiv perenosa posolstva SShA iz Tel-Aviva v Iyerusalim - Sputnik O‘zbekiston
Falastin Vashingtondan elchisini chaqirib oldi

Tramp, "asr kelishuvi" arablar uchun foydalidir, chunki Sharqiy Iyerusalimni Falastinlarning poytaxti deb tan olinishini nazarda tutadi. "Kelishuvga" ilova qilingan hududiy bo‘linish xaritasiga ko‘ra, gap Isroil tomonidan qurilgan ajratish devori tashqarisidagi kvartallar xaqida ketmoqda.

"Kelishuv imzolangan  taqdirda, Falastin hududlari bugungi kunda ular nazorat qilayotgan hududlardan ikki baravar ko‘p bo‘ladi", - deya tushuntirdi Tramp.

G‘arbiy Sohil va G‘azoning bo‘lingan yerlari, amerikaliklarning fikriga ko‘ra, tunnellar orqali ulanishi mumkin. Ushbu hududlar ustidagi havo bo‘shlig‘ini Falastinliklar nazorat qiladi, lekin avval ular Falastinni qurolsizlangan davlat sifatida tan olishlari kerak.

"Kelishuv" shuningdek, Isroilga qo‘yiladigan bir qator talablarni ham nazarda tutadi. Asosiysi Falastinning mustaqilligini tan olishdir. To‘rt yil ichida G‘arbiy sohilda yangi turar-joylar qurilishi to‘xtatilishi kerak.

Kelishuvning iqtisodiy qismi G‘arbiy Sohilda, G‘azo sektorida, Misr, Iordaniya va Livanda amalga oshiriladigan loyihalar atrofida qurilgan. Investitsiyalar hajmi 50 milliard dollarni tashkil etadi. Ushbu mablag‘lar, Vashington hisob-kitoblariga ko‘ra, falastinliklarga Fors ko‘rfazidagi arab monarxiyalari tomonidan beriladi. "Kelishuv" mualliflari, shuningdek, xususiy kapital yordamiga ham umid qilishmoqda.

"Iyerusalim sotilmaydi"

"Kelishuv" to‘g‘risidagi ma’lumotlar nashr etilishidan na oldin va na keyin ham, hech bir mamlakat Falastindagi potensial loyihalarga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirmadi. Bundan tashqari, Yaqin Sharqdagi aksariyat davlatlar ushbu hujjatni tanqid qilishdi.

"Iyerusalim sotilmaydi, Falastinliklarning huquqlari sotilmaydi va savdo qilinmaydi. Sizning kelishuvingiz fitna, va u qabul qilinmaydi", deb g‘azablandi Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos.

Vstrecha glav MID RF i Gosudarstva Palestini S. Lavrova i R. Maliki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Falastin tashqi ishlar vaziri keladi

"Tramp va uning "asr kelishuvi"ning o‘rni tarix axlatxonasida. Hujjat yozilgan siyohga ham arzimaydi", dedi Sami Abu Zuhri, G‘azo sektorini boshqaruvchi Hamas harakati vakili.

E’tiroz bildirish uchu, falastinliklar norozilik namoyishlariga chiqishdi. G‘azo sektorida mitinglar hujjat taqdim etilishidan bir necha kun oldin boshlandi.

Turkiya va Eron tashabbusni keskin tanqid qildi. Misr va Iordaniya "hujjatni sinchkovlik bilan o‘rganishga" chaqirdi. Yevropada ham qarashlar ikkiga bo‘lindi. Germaniya, Fransiya, Shvetsiya amerikaliklarning tinchlik o‘rnatish harakatlarini qo‘llab-quvvatladi, ammo muammoga nisbatan bir tomonlama - Isroil tarafdori bo‘lgan nuqtayi nazarni qoraladi.

Angliya "kelishuvni" ni qo‘llab-quvvatladi. "Ishlab chiqilgan reja to‘g‘ri yo‘nalishda muhim qadamdir", dedi Boris Jonson.

Isroillik ayolni qamoqdan chiqarish

Netantaxuning Moskvaga kelishiga yana bir sabab bor. Bir kun oldin isroillik siyosatchilar Bosh vazir vatandoshi Naama Issaxarning ozod qilinishida shaxsan ishtirok etishni rejalashtirayotganini istisno qilmadi.

Gorod Iyerusalim - Sputnik O‘zbekiston
IHT davlatlari Sharqiy Quddusni Falastin poytaxti deb e’lon qildi

Kuzda Sheremetevo ayeroportining tranzit zonasida 26 yoshli isroillik ayol hibsga olingan. Uning yukidan to‘qqiz gramm gashish moddasi topilgan va yetti yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Bu voqea jamoatchilikda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Issaxarning onasi Rossiya Prezidentiga qizini avf etish iltimosi bilan murojaat qildi. "Hammasi yaxshi bo‘ladi", deb Putin unga va’da berdi.

Yakuniy qaror yaqin kunlarda qabul qilinishi kerak. Bir necha kun oldin uning onasi Rossiyaga keldi va bir kun o‘tgach, Isroil bosh vazirining Moskvaga tashrifi ma’lum bo‘ldi.

Moskva ushbu hujjatga ishonmaydi 

"RIA Novosti" bilan suhbatlashgan ekspertlar "asr kelishuvi" Putin va Netanyaxu muzokaralarining asosiy mavzusi bo‘lib qolishi to‘htamiga keldi. Ammo ular Moskvaning AQSh-Isroil tashabbusiga shubha bilan qarashlari o‘zgarishi dargumon deya ogohlantirgan.

Xram Groba Gospodnya v Iyerusalime - Sputnik O‘zbekiston
BMT Bosh Assambleyasi Quddusni Isroil poytaxti deb tan olishdan bosh tortdi

"Bu mutlaqo qabul qilinishi shubhali hujjat. Bu Falastinliklarning BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi bilan belgilangan Iyerusalimning bir qismiga bo‘lgan huquqlarini buzadi. Amerika rejasi xalqaro tashkilotlarda ma’qullanmadi, Falastin roziligini olmadi. Arab Davlatlari Ligasi Bosh kotibi kelishuvda falastinliklarning huquqlari buzilganini tan oldi,"- RIA Novosti bilan suhbatda Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti ilmiy rahbari Vitaliy Naumkin.

Falastinliklarning fikrlarini eshitish uchun ekspert FATX (harbiylashtirilgan tashkilot va siyosiy partiya) va Xamas harakatlarining sa’y-harakatlarini birlashtirish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.

"G‘arbiy Sohil va G‘azo sektorini boshqaradigan ushbu tashkilotlar endi o‘zaro kelishib olishlari va amerikaliklarning rejasi bo‘yicha umumiy nuqtayi nazarni kelishib olishlari kerak. Shundagina ularga quloq solinishi mumkin. Ammo muammo shundaki, Falastin ichidagi bo‘linish ushbu qiyin vaziyatda ularning manfaatlarini ilgari surishga to‘sqinlik qilmoqda."- ta’kidladi Naumkin.

Isroilga eng unumdor yerlar, Falastinga esa - anklavlar 

Yaqin sharq bo‘yicha mutaxassis, siyosatshunos Nurlan Gasimovning ta’kidlashicha, bitim G‘arbiy sohilning katta qismini Isroil nazorati ostiga o‘tkazishni nazarda tutadi.

Abdulaziz Kamilov i Mazen Shamiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Falastin dolzarb masalalarni muhokama qildi

"Xozirda ushbu hudud uchta zonaga bo‘lingan: A,V va C zonalari. A zonasi Falastinliklar tomonidan boshqariladigan yerlarning 17 foizini o‘z ichiga oladi. B zonasi Falastinliklar va isroilliklar tomonidan birgalikda boshqariladi. Va eng katta S zonasi hududning deyarli 60 foizini o‘z ichiga oladi va butunlay Isroil tomonidan nazorat qilinadi. Shu bilan birga, unumdor yerlar C zonasida joylashgan. Ammo asosiysi shundaki, barcha toza suv zaxiralari shu yerda to‘plangan. Isroil 1993-yilda Osloda Falastinliklar bilan nizoni hal etish to‘g‘risida kelishuv tuzatganda, bu yerlarda yashashga mos joylarga odamlarni joylashtirish uchun,  xaritani o‘ziga maqbul holda chizgan. Tramp "asr kelishuvi" bu yerlarni to‘laligicha so‘zsiz Isroil tasarrufiga o‘tishiga mo‘ljallangan. Bundan kelib chiqadiki, falastinliklar hatto toza suvga ham imqoniyatidan mahrum bo‘ladi", - tushuntiradi Gasimov.

Tramp Falastin davlatini yaratishni taklif qilgan hududlar, siyosatshunosning fikriga ko‘ra, anklavlarga bo‘lingan.

"Asosan, bu A va B zonalariga tegishli bo‘lgan yerlar. Ammo siz ularni ko‘priklar va tunnellar bilan bog‘lasangiz ham, Isroil ularni istalgan vaqtda osonlikcha to‘sib qo‘yishi mumkin. Bundan tashqari, davlat ma’muriyati nuqtayi nazaridan bo‘lingan hududlarni boshqarish qiyin. Bu hududlarda har qanday iqtisodiy loyihalarni rivojlantirish ham oson kechmaydi. Bu kamchilikni falastinliklar ham, isroilliklar va amerikaliklar ham tushunishadi ", - deya tushuntiradi Gasimov.

"Asr kelishuvimi" yo saylovoldi kampaniya ? 

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, tartibga solish rejasi Isroil va AQShdagi ichki auditoriya uchun ham mo‘ljallangan. "AQShda prezidentga impichment qilish jarayoni davom etmoqda. Isroilda uchinchi saylov yaqinlashmoqda. Bu vaziyatda Tramp va Netanyaxuga "asr kelishuvi" yordamida "o‘ng elektoratni" safarbar qilishi foydalidir", deya aniqlashtirdi mutaxassis.

Ukrashenie goroda Dushanbe k sammitu SVMDA - Sputnik O‘zbekiston
Isroil OHIChK deklaratsiyasiga qarshi chiqdi

Kseniya Svetlova, Knessetning sobiq deputati va Isroilning Gersliya fanlararo instituti eksperti, muhokama qilinayotgan tashabbus Netanyaxuning saylovoldi kampaniyasining bir qismi ekanligiga qo‘shiladi.

"Netanyaxu Knessetdagi yig‘ilishdan oldin AQShga uchib ketdi. Parlament a’zolari bosh vazirga korrupsiya ayblovi sababli, sud daxlsizligini berish masalasini ko‘rib chiqmoqdalar. Hozirda daxlsizlikdan mahrum qilinishi unga juda zararli. Ko‘p isroilliklar fikricha bosh vazirning AQSh yoki Rossiyaga tashriflarini tasdiqlaydigan shoshilinch holatlar yo‘q. Bundan tashqari, "asr kelishuvi" bir yarim yil oldin shakllangan va har doim qoldirilgan ", deb esga soladi Svetlova.

Gasimov fikricha, Netanyaxu darhol Putinning ko‘magiga erisha olmaydi. "Ikkala rahbar ham juda yaxshi munosabatlarga ega bo‘lishsa-da, Putin Isroil bosh vaziriga Falastinliklarning nuqtayi nazarini hisobga olish muhim degan fikrni yetkazadi. Netanyaxu Moskvani tez qo‘llab-quvvatlashiga erisha olmaydi", - deya taxmin qiladi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0