SSV oʻsmir qizlar nega koʻrikdan oʻtkazilayotganini tushuntirdi

© Sputnik / Kirill Braga / Fotobankka oʻtishKlinicheskaya bolnitsa skoroy meditsinskoy pomoщi v Volgograde
Klinicheskaya bolnitsa skoroy meditsinskoy pomoщi v Volgograde - Sputnik Oʻzbekiston
Sal oldin ijtimoiy tarmoqlarda bir tumanda uch nafar oʻsmir qizlar homilador boʻlgani tufayli, barcha maktab oʻquvchilari tibbiy koʻrikdan oʻtkazilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi

TOSHKENT, 30 yanv - Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, bir tumanda oʻsmir qizlarning homilador boʻlib qolgani va buning oqibatida tumandagi barcha oʻquvchi qizlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabar boʻxton, degan bayonot bilan chiqdi Samarqand sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.

Beremennaya jenщina - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qozogʻiston shimolida 33 nafar oʻquvchi homilador boʻldi

"Aholi oʻrtasida kasalliklarni erta aniqlash va dastlabki bosqichlarda bartaraf etish maqsadida Samarqand viloyatining nafaqat Tayloq tumani, balki, barcha shahar va tumanlarida tor soha xodimlari ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar tashkil etilmoqda", - deyiladi rasmiy bayonotda.

Taʼkidlanishicha, 2019 yil davomida viloyat profilaktika-davolash muassasalari, tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining mutaxassislari tomonidan maktabgacha taʼlim va taʼlim muassasalari hamda uyushmagan aholi oʻrtasida 200dan ortiq tibbiy koʻriklar tashkil etilgan.

Uch million uch yuz mingga yaqin fuqaro tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilgan. Shundan bir milliondan ziyodi 1 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolardir. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala