Hodisalar

“Yangi Angren” issiqlik elektr stantsiyasida yongʻin yuz berdi - video

© Sputnik / Aleksandr Piragis / Fotobankka oʻtishSotrudnik MCHS vo vremya tusheniya pojara
Sotrudnik MCHS vo vremya tusheniya pojara - Sputnik Oʻzbekiston
“Yangi Angren” issiqlik elektr stantsiyasida elektr energiyasini ishlab chiqarishga moʻljallangan 4-chi sonli energoblokda yongʻin yuz bergan.

TOSHKENT, 30 yanv – Sputnik. Energetika vazirligi matbuot xizmati “Yangi Angren” issiqlik elektr stantsiyasida elektr energiyasini ishlab chiqarishga moʻljallangan 4-chi sonli energoblokda yongʻin roʻy bergani haqida xabar qildi.

Pojar  - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Vestminstr universiteti yonida joylashgan bogʻda yongʻin yuz berdi

Taʼkilanishicha, hodisa oqibatida jarohatlanganlar yoʻq.

“Bugun 30 yanvar kuni soat 11:40da "Yangi Angren" issiqlik elektr stantsiyasida elektr energiyasini ishlab chiqarishga moʻljallangan 4-chi sonli energoblokda nosozlik yuzaga kelishi natijasida 170 megavatt quvvat bilan toʻxtatildi. Shu vaqtda qozon agregatining tom qismida yongʻin yuzaga kelib stantsiyaning tezkor hodimlari tomonidan birlamchi oʻt oʻchirish vositalari qoʻllandi va oʻt oʻchirish brigadasi jalb qilindi. Soat 14:00da yongʻin bartaraf etildi. Jabrlanganlar mavjud emas”, deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Ayni paytda energoblok taʼmirga chiqarildi va nosozlikni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda. Mazkur holatni oʻrganish yuzasidan maxsus komissiya tashkil qilingan.

Ayni paytda mazkur stantsiyaning 3ta energobloki jami 580 MVt quvvat bilan ishlamoqda.

“Shu munosabat bilan, isteʼmolchilarga shuni maʼlum qilamizki, Respublikamizning ayrim hududlarida elektr taʼminotida maʼlum vaqt oraligʻida uzilishlar kuzatilmoqda. Taʼmirlash ishlari qisqa fursatlarda yakunlanib, elektr energiyasi taʼminoti yaxshilanishi taʼminlanadi”, deyilgan vazirlik xabarida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala