Dunyoda

Quyosh yuzasining eng batafsil rasmlari nashr etildi

Gavayi arxipelagidagi Maui orolida joylashgan DKIST teleskopidan (Daniel K. Inouye Solar Telescope) foydalanadigan amerikalik astronomlar bugungi kungacha Quyosh yuzasining eng batafsil tasvirlarini olishdi.

TOSHKENT, 30 yanv – Sputnik. Gavayi arxipelagidagi Maui orolida joylashgan DKIST teleskopidan (Daniel K. Inouye Solar Telescope) foydalanadigan amerikalik astronomlar bugungi kungacha Quyosh yuzasining eng batafsil tasvirlarini olishdi. Bu haqda AQSH milliy ilmiy jamgʻarmasi saytida xabar berildi.

Planeta Zemlya iz kosmosa - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Yerga xavfli ulkan asteroid yaqinlashmoqda - NASA

Kadrlarda yulduzning butun yuzasini qoplaydigan "qaynab turgan" plazma koʻrsatilgan.

"Bu tarixdagi Quyosh sirtining eng yuqori aniqlikdagi tasvirlari. Undan oldin biz faqat aysbergning uchini koʻrganmiz", deydi Space.com saytiga DKIST loyihasi rahbari Tomassa Rimmele.

Taʼkidlanishicha, yangi maʼlumotlar tufayli tadqiqotchilar yulduz va quyosh faolligini, xususan, havo transporti, sunʼiy yoʻldosh aloqasi va Yerdagi elektr tarmoqlariga taʼsir qiluvchi tuzilishini batafsil oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Olimlarning fikriga koʻra, ushbu tasvirlar quyosh fizikasida yangi davrni ochadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala