Dunyoda

Oʻzbekistonda Xitoydan kelgan fuqarolar tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilmoqda

© REUTERS/Carlos OsorioVspыshka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal novыy tip koronavirusa — 2019-nCoV
Vspыshka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal novыy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston
Ayni paytda koronavirus infektsiyasi jiddiy fazaga koʻtarilgan. Soʻnggi maʼlumotlarda vafot etganlar soni 170 nafardan oshgani keltirilmoqda. Ushbu kasallik 16 ta davlatda tarqalgan.

TOSHKENT, 30 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Xitoydan kelgan fuqarolar tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, soʻnggi oʻn kun ichida ana shunday tekshiruvlar natijasida Xitoydan kelgan fuqarolarning 59 nafaridan virusologik tekshiruv oʻtkazish uchun namunalar olingan. 19 nafar shaxs esa Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida tashkil etilgan boʻlimga murojaat etgan va tibbiy nazoratdan oʻtkazilgan.

Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
TIV Oʻzbekiston fuqarolariga Xitoyga borishdan tiyilib turishni qatʼiy tavsiya etdi

“Shu oʻrinda aytish kerakki, ayni paytga qadar ularning birontasida ham koronavirus infektsiyasi umuman aniqlanmagan. Bundan tashqari, Xitoydan kelgan fuqarolar yashash manzili boʻyicha oilaviy poliklinikalar tibbiyot xodimlari va epidemiologlar tomonidan 14 kun davomida nazoratga olinmoqda”, - deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, Sanitariya-epedimiologik osoyishtalik agentligi tomonidan gripp va boshqa oʻtkir respirator infektsiyalar boʻyicha ham monitoring olib borilmoqda. Natijalarga koʻra, gripp va boshqa oʻtkir respirator infektsiyalar boʻyicha oʻtgan yilga nisbatan birmuncha mavsumiy koʻtarilish kuzatilgan boʻlsa-da, ushbu kasalliklar boʻyicha oʻlim holatlari qayd etilmagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Abdulla Aripov Xitoyda tarqalayotgan yangi turdagi koronavirusning mamlakatga kirib kelishining oldini olish masalasida yigʻilish oʻtkazgani va har bir tashkilotlarga muayyan topshiriqlar bergani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala