Sport

Bunaqasi boʻlmagan: Murodjon Ahmadaliyev WBA va IBF chempioni boʻldi

© SportsweekMurodjon Axmadaliyev zavoyeval 2 chempionskix tituda IBF i WBF Super
Murodjon Axmadaliyev zavoyeval 2 chempionskix tituda IBF i WBF Super - Sputnik Oʻzbekiston
Murodjonning raqibi - amerikalik bokschi Deniel Roman IBF va WBA Super toifalari boʻyicha jahon chempioni kamarlari sohibi edi.

TOSHKENT, 31 yanv - Sputnik. Eng yengil vaznda ishtirok etuvchi oʻzbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev professional ringda oʻzining sakkizinchi jangini oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda MMA Boxing portali.

Uning raqibi boʻlgan amerikalik bokschi Deniel Roman IBF va WBA Super toifa kamarlari sohibi edi. 

Ikkita chempionlik kamarlari uchun boʻlib oʻtgan jang Florida shtatining Mayami shahrida Demetrius Andrade tashkil qilgan boks kechasi doirasida boʻlib oʻtdi.

12 raund  davom etgan jang ikkala bokschi uchun ham oson boʻlmadi. Jang natijalarini hal qilishda hakamlardan 2tasi Ahmadaliyev tarafida boʻlsa qolgan 2tasi amerikalik bokschi tarafida boʻldi. Bahslardan hakamlar yakuniy gʻalabani Ahmadaliyevga topshirishdi.

Shunday qilib, Murodjon Ahmadaliyev 8ta professional  jangdan soʻng boksning 2t yoʻnalishi boʻyicha Jahon chempionligini  qoʻlga kiritgan oʻzbekistonlik birinchi bokschiga aylandi.

Gʻalaba eʼlon qilinganidan soʻng sportchining koʻzidan yosh chiqib ketdi. Murodjon oʻz jamosi aʼzolari, yaqin kishilari, ustozi va qarindoshlariga minnatdorlik  bildirdi va ularning yordamisiz bunday natijalarga erisha olmagan boʻlishini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala