Siyosat

YEOII bosh vazirlari Olma-otada yigʻilishdi: ular qanday mavzularni muhokama qilishadi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishFlag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YEAES)
Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YEAES) - Sputnik Oʻzbekiston
"Global iqtisodiyotining raqamli kelajagi" forumi juma kuni Qozogʻistonning janubiy poytaxtida boʻlib oʻtmoqda. Undan keyin, soat 14.00da, Yevroosiyo hukumatlararo kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 31 yanvar - Sputnik. 31 yanvar kuni Olmaotada anʼanaviy ravishda tor va kengaytirilgan shaklda Yevrosiyo hukumatlararo kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Unda Rossiya, Qozogʻiston, Armaniston, Belarus va Qirgʻiziston bosh vazirlari: Mixail Mishustin, Asqar Mamin, Nikol Pashinyan, Sergey Rumas, Muxammedkalыy Abыlgaziyev ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozogʻiston.

Flagi stran uchastnits YEAES, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbekiston YEOIIga qoʻshilmoqchimi?

Tor doiradagi uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 14: 00da boshlanadi va hozirda Qozogʻiston, Rossiya va Belarus hukumatlari rahbarlari, Armaniston va Qirgʻiziston bosh vazirlarining oʻrinbosarlari "Global iqtisodiyotning raqamli kelajagi" forumida ishtirok etmoqdalar. Bu yil uning asosiy mavzusi - katta maʼlumotlar va sunʼiy intellekt asosida mintaqaning barqaror rivojlanishini yoʻllari.

Mixail Mishustin uchun Qozogʻistonga tashrif yangi lavozimdagi chet elga amalga oshirayotgan birinchi safardir.

"Bosh vazir sifatida birinchi marta Qozogʻistonga tashrif buyurganimiz ramziy maʼnoga ega. Bizni uzoq vaqtdan beri doʻstlik va sheriklik aloqalarini bogʻlab turadi", dedi Mishustin qozogʻistonlik hamkasbi Asqar Mamin bilan uchrashuvda. Rossiya Vazirlar Mahkamasi rahbari soʻzlarini RIA Novosti iqtibos keltiradi.

Olmaotadagi uchrashuvda bosh vazirlar 12 ta masalani muhokama qilishlari kutilmoqda. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YEOII-YEAES) faoliyati va uning meʼyoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish munozaraning asosiy yoʻnalishi hisoblanadi.

YEOII erkin savdo hududini kengaytirmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Video
YEOII erkin savdo hududini kengaytirmoqda

"Hukumat rahbarlari xalqaro qoidalar va boshqa integratsiya birlashmalarining tajribasini hisobga olgan holda, YEAESning maxsus himoya, antidemping va qoplash choralarini qoʻllash mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha bir qator masalalarni, shuningdek, aʼzo davlatlarning tegishli meʼyoriy-huquqiy bazani oʻzgartirish boʻyicha takliflarini koʻrib chiqadilar", - dedi Elmir Tagirov Rossiya xukumati apparati rahbarining oʻrinbosari tashrif oldidan.

Uning soʻzlariga koʻra, YEOIIning yagona tovar bozori samaradorligini oshirish maqsadida "fitosanitariya va veterinariya nazorati sohasida milliy kuzatuv maʼlumot tizimlari va axborot tizimlarining integratsiyasini muhokama qilish", shuningdek davlat xaridlari sohasidagi milliy rejim faoliyatining ayrim jihatlari muhokama qilinadi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida bosh vazirlar alkogol mahsulotlarining oʻzaro savdosida millatlarusti tartibga solishni joriy etish toʻgʻrisidagi bitim loyihasini ishlab chiqish jarayonini muhokama qilish va YEAESning raqamli transport koridorlarining ekotizimini shakllantirish boʻyicha harakatlar rejasini tasdiqlash niyatida. Elmir Tagirovning soʻzlariga koʻra, ushbu reja "Ittifoqning transport va logistika bozori ishtirokchilari oʻrtasidagi muvofiqlikni yaxshilashga yordam berish uchun ishlab chiqilgan".

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala