Analitika

Ekspert: oʻzbek aviatashuvchi bozoriga yangi oʻyinchilar kerak

© Foto : Iz lichnogo arxiva Maksima PyadushkinaMaksim Pyadushkin — upravlyayuщiy direktor jurnala "Aviatransportnoye obozreniye"
Maksim Pyadushkin — upravlyayuщiy direktor  jurnala  Aviatransportnoye obozreniye - Sputnik Oʻzbekiston
"Aviatransport tasvirnomasi" jurnali boshqaruv direktori Maksim Pyadushkin aviachiptalar narxini qanday qilib tushirish mumkinligi borasida oʻz fikrlarini bildirdi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev transport tizimini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda fuqaro aviatsiyasi holatini qattiq tanqid qildi. Xususan, prezident samolyotlarda servis xizmati past darajada ekanligiga va chiptalar qimmatligiga ishora qildi.

Shavkat mirziyoyev provel sobraniye posvyaщennoye problemam v sfere transporta - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
"Islohotlar natijasi qani?": Mirziyoyev Oʻzbekiston havo yoʻllarini tanqid qildi

"Aviatransport tasvirnomasi" jurnali boshqaruvchi direktori Maksim Pyadushkin "Oʻzbek avialiniyalari" 90-yy boshidan respublika aviabozorida monopol boʻlganini eslatib oʻtdi.

"Xuddi sovet davridagi "Aeroflot" singari, — deb qayd etdi u. — Tabiiyki, kompaniya istaganini qilgan".

2018 yilning noyabrida mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev milliy aviakompaniya negizida — Uzbekistan Airways hamda Uzbekistan Airports aktsiyadorlik jamiyatlari mustaqil tashkilotlar sifatida tashkil etilgan. Yil davomida ushbu jarayon oʻz yakuniga yetgan.

"Oʻzbekiston - fuqaro aviatsiyasi, jumladan, boshqa davlatlar kompaniyalari uchun ham kundan-kunga ochilib bormoqda. Shunchaki, bu jarayon endi boshlandi. Oʻzbekistonda bir nechta xususiy aviakompaniyalar tashkil etilayotganini bilamiz. Koʻproq oʻyinchilar boʻlsa, raqobat oshadi, bu esa chiptalar narxining pasayishiga olib kelishi mumkin. Menimcha, boshqa iloj ham yoʻq - faqatgina raqobatni rivojlantirish lozim", - dedi Maksim Pyadushkin.

U shuningdek, davlat oldida bitta vazifa - aviatashuvlar hammabop va xavfsiz boʻlishini taʼminlash ekanligini, buning uchun esa barcha ishtirokchilar uchun teng sharoitlar yaratish kerakligini qayd etdi.

"Hukumat, albatta, chipta narxini pasaytirishga majburlashi mumkin, lekin, meni fikrimcha, bu boshi berk yoʻl. Agar bu kompaniya uchun iqtisodiy jihatdan foydasi ekan, u asta-sekin xonavayron boʻladi", - dedi ekspert.

Ekspert toʻliq izohini Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Ekspert: uzbekskomu rыnku aviaperevozok nujnы novыe igroki
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala