Ekspert: o‘zbek aviatashuvchi bozoriga yangi o‘yinchilar kerak

© Foto : Iz lichnogo arxiva Maksima PadushkinaMaksim Padushkin — upravlyayushiy direktor jurnala "Aviatransportnoe obozrenie"
Maksim Padushkin — upravlyayushiy direktor  jurnala  Aviatransportnoe obozrenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Aviatransport tasvirnomasi" jurnali boshqaruv direktori Maksim Padushkin aviachiptalar narxini qanday qilib tushirish mumkinligi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev transport tizimini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda fuqaro aviatsiyasi holatini qattiq tanqid qildi. Xususan, prezident samolyotlarda servis xizmati past darajada ekanligiga va chiptalar qimmatligiga ishora qildi.

Shavkat mirziyoyev provel sobranie posvashennoe problemam v sfere transporta - Sputnik O‘zbekiston
"Islohotlar natijasi qani?": Mirziyoyev O‘zbekiston havo yo‘llarini tanqid qildi

"Aviatransport tasvirnomasi" jurnali boshqaruvchi direktori Maksim Padushkin "O‘zbek avialiniyalari" 90-yy boshidan respublika aviabozorida monopol bo‘lganini eslatib o‘tdi.

"Xuddi sovet davridagi "Aeroflot" singari, — deb qayd etdi u. — Tabiiyki, kompaniya istaganini qilgan".

2018 yilning noyabrida mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev milliy aviakompaniya negizida — Uzbekistan Airways hamda Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyatlari mustaqil tashkilotlar sifatida tashkil etilgan. Yil davomida ushbu jarayon o‘z yakuniga yetgan.

"O‘zbekiston - fuqaro aviatsiyasi, jumladan, boshqa davlatlar kompaniyalari uchun ham kundan-kunga ochilib bormoqda. Shunchaki, bu jarayon endi boshlandi. O‘zbekistonda bir nechta xususiy aviakompaniyalar tashkil etilayotganini bilamiz. Ko‘proq o‘yinchilar bo‘lsa, raqobat oshadi, bu esa chiptalar narxining pasayishiga olib kelishi mumkin. Menimcha, boshqa iloj ham yo‘q - faqatgina raqobatni rivojlantirish lozim", - dedi Maksim Padushkin.

U shuningdek, davlat oldida bitta vazifa - aviatashuvlar hammabop va xavfsiz bo‘lishini ta’minlash ekanligini, buning uchun esa barcha ishtirokchilar uchun teng sharoitlar yaratish kerakligini qayd etdi.

"Hukumat, albatta, chipta narxini pasaytirishga majburlashi mumkin, lekin, meni fikrimcha, bu boshi berk yo‘l. Agar bu kompaniya uchun iqtisodiy jihatdan foydasi ekan, u asta-sekin xonavayron bo‘ladi", - dedi ekspert.

Ekspert to‘liq izohini Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Ekspert: uzbekskomu rinku aviaperevozok nujni novie igroki
Yangiliklar lentasi
0