Dunyoda

KXSHT mashqlari 2020 yilda qayerda oʻtkaziladi

© Sputnik / Alexey Kudenko / Fotobankka oʻtishVoyennoslujaщiye na tseremonii otkrыtiya sovmestnыx antiterroristicheskix ucheniy KSBR gosudarstv-chlenov ODKB na poligone "Xarbmaydon" v Tadjikistane
Voyennoslujaщiye na tseremonii otkrыtiya sovmestnыx antiterroristicheskix ucheniy KSBR gosudarstv-chlenov ODKB na poligone Xarbmaydon v Tadjikistane  - Sputnik Oʻzbekiston
KXSHT birlashgan shtabi boshligʻi general-polkovnik Anatoliy Sidorovning taʼkidlashicha, bu yil "qoʻshma operativ va jangovar mashgʻulotlarga boy boʻladi".

TOSHKENT, 31 yanv - Sputnik. Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga (KXSHT) aʼzo davlatlarning mashqlari 2020 yilda Rossiya, Armaniston, Belorusiya va Qirgʻizistonning oʻquv poligonlarida oʻtkaziladi, dedi tashkilot Birlashgan shtabi boshligʻi general-polkovnik Anatoliy Sidorov matbuot anjumanida. 

"Kollektiv xavfsizlikning Oʻrta Osiyo mintaqasida kollektiv tezkor qoʻshinlar kuchlari xalqaro terrorizmga qarshi kurashish uchun Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining kuchlari va vositalaridan foydalanishni sinovdan oʻtkazishga qaratilgan "Rubej" qoʻshma mashqlarini oʻtkazadilar", dedi Sidorov.

Kollektiv xavfsizlikning Kavkaz mintaqasida KXSHTga aʼzo davlatlarning harbiy kuchlari noqonuniy qurolli guruhlarga qarshi kurashni, Sharqiy Yevropa mintaqasida esa - qoʻshma razvedka amaliyotlarini olib boradi.

Sidorovning taʼkidlashicha, 2020 yilda "kollektiv xavfsizlikning barcha hududlari va tashkilotning kollektiv kuchlari tarkibiy qismlarini qamrab oladigan "tezkor va jangovar mashgʻulotlar" oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2012 yildan beri KXSHT aʼzosi emas, lekin aʼzo davlatlar bilan ikki tomonlama asosda hamkorlikni davom ettirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala