Analitika

Kazantsev Pompeo Oʻzbekistonga qanday maqsad bilan kelayotganini aytdi

© Sputnik / Aleksandr NatruskinAndrey Kazantsev
Andrey Kazantsev - Sputnik Oʻzbekiston
MGIMO Analitika markazi direktori, siyosiy fanlar doktori Andrey Kazantsev fikriga koʻra, AQSH Davlat departamenti rahbari Maykl Pompeo amerika tashqi siyosatining koʻp vektorliligini kuchaytirmoqchi va oʻz mamlakatining Markaziy Osiyodagi pozitsiyasini mustahkamlamoqchi

AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo 30 yanvar kuni Ukrainaga uchib keldi, 1 fevral kuni u Belarusda boʻladi va soʻngra Qozogʻiston hamda Oʻzbekistonga keladi.

Gosudarstvennыy sekretar SSHA Mayk Pompeo - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mayk Pompeo Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelmoqda

Toshkentga safar 2-3 fevral kunlariga rejalashtirilgan. Kutilishicha, Pompeo mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.

AQSH Davlat departamenti rahbari Markaziy Osiyoda unchalik koʻp boʻlmaydi, deya taʼkidlaydi siyosiy fanlar doktori Andrey Kazantsev. Uning fikricha, Pompeoning tashrifini ikkita holatga bogʻlash mumkin.

"Birinchidan, Afgʻonistondan amerika qoʻshinlarini chiqarishga tayyorgarlik koʻrilmoqda, toliblar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Oʻzbekiston AIRda tinchlik oʻrnatilishida juda faol rol oʻynamoqda. Ikkinchidan, AQSH Markaziy Osiyo mamlakatlari siyosati va iqtisodiyotida muhim rol oʻynaydigan Rossiya va Xitoyga qarshi turish uchun oʻz pozitsiyasini mustahkamlashdan manfaatdor", — dedi Kazantsev.

Shu bilan birga, ekspert soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekiston va Qozogʻistonni ittifoqdosh qilishga harakat qilmaydi, chunki ularning Rossiya va Xitoy bilan sherikligi darajasi ancha yuqoriligini tushunadi. Bundan tashqari, ekspert na Qozogʻiston, na Oʻzbekiston, ular hatto ayni damda gʻarb investitsiyalariga muhtoj boʻlgan taqdirda ham AQShning hech bir vaʼdalariga qaramay, Rossiya yoki Xitoyga qarshi chiqishmaydi, deya ishonch bildirdi.

Ekspertning toʻliq izohini Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin. 

Kazantsev obʼyasnil tseli vizita Pompeo v Uzbekistan
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala