Xitoyda yangi koronavirus bilan zararlanganlar soni 9692 kishiga yetdi

© REUTERS/Carlos Garcia RawlinsVspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV
Vspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi tipdagi koronavirusning avj olishini xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan favqulodda holat, deb tan oldi.

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Xitoyda yangi tipdagi koronavirus pnevmoniyasi bilan kasallangan bemorlar soni 9 692 nafarga yetdi. Bu dunyo bo‘yicha SARS koronavirusi epidemiyasi avjiga chiqqan ko‘rsatkichdan ancha yuqoridir, deb xabar qilmoqda XXRning sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasi.

Koronavirus qurboni bo‘lmaslik uchun tavsiyalar - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus yuqtirmaslik bo‘yicha muhim tavsiyalar

Kasallanganlarning 213 nafari halok bo‘lgan. Kuni kecha virusni yuqtirganlar soni 7 711 nafar ekanligi, halok bo‘lganlar soni 170 nafar ekanligi haqida xabar berilgan edi.

"30 yanvar yarim tundagi holat bo‘yicha sog‘liqni saqlash qo‘mitaga 31ta provinsiyadan yangi tipdagi koronavirus tufayli kelib chiqqan pnevmoniya bilan og‘rigan 9 692 nafar bemor to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushgan, ulardan 1 527 kishi og‘ir ahvolda, 213 nafari vafot etgan, 171 kishiga kasalxonadan ruxsat berilgan", — deyiladi xabarda.

Faqatgina oxirgi bir sutka davomida 1 982 yangi holat aniqlangan.

Svetnoe izobrajenie koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusning aniq rangli surati namoyish qilindi – fotofakt

Alohida Gonkongda 12 ta holat qayd etilgan, Makaoda — yettita, Tayvanda — to‘qqizta.

Bundan tashqari, 15 238 holatda yangi tipdagi koronavirusni yuqtirganlik bo‘yicha gumonlanib ro‘yxat tuzilgan. Kasallanganlar bilan aloqada bo‘lgan 102 ming 427 kishi kuzatuv ostiga olingan.

Sal oldin Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi tipdagi koronavirusning avj olishini xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan favqulodda holat, deb tan oldi.

Yangiliklar lentasi
0