Mirziyoyev to‘ng‘ich qizining yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

© Massmedia.uzNovaya doljnost Mirziyoyevoy
Novaya doljnost Mirziyoyevoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi muassislari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Jamoat fondi Vasiylik kengashi tarkibi shakllantirildi.

TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. 2020-yil 31-yanvar kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi muassislari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Komil Allamjonov i Saida Mirziyoyeva  - Sputnik O‘zbekiston
Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov AOKAdan ketishdi

Mazkur yig‘ilishda Jamoat fondi Vasiylik kengashi tarkibi shakllantirildi.

“Jamoat fondi ustaviga binoan qabul qilingan qarorga ko‘ra, Allamjonov Komil Ismoilovich Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, Mirziyoyeva Saida Shavkatovna uning o‘rinbosari etib saylandi”, - deyilgan xabarda.

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi - ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘mak berish, mamlakatda so‘z erkinligini mustahkamlashda jamoatchilik institutining rolini oshirish, O‘zbekistonning xalqaro imijini yanada yaxshilashga ko‘maklashish va boshqalardir.

Eslatib o‘tamiz, 29-yanvar kuni K.Allamjonov va S.Mirziyoyeva kelgusi mehnat faoliyatlarini nodavlat sektorda davom ettirish rejalari bilan bog‘liq murojaatlarini Prezident Administratsiyasiga kiritishgani va Prezident Administratsiyasi tomonidan ushbu murojaatlari ko‘rib chiqilib, qondirilgani haqida e’lon qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0