Amerika OAVlari: "Putin Venesuelada bizni qanday hiyla bilan yengdi"

© Sputnik / Karolina Kabral / Mediabankka o‘tishPravitelstvo Venesueli vistupayet protiv sanksionnoy politiki SShA
Pravitelstvo Venesueli vistupayet protiv sanksionnoy politiki SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik ekspertlar va jurnalistlar AQShning Venesueladagi mag‘lubiyatining sabablarini aniqlashdan tinmayaptilar: Davlat departamenti tomonidan tan olingan "Venesuela prezidenti" Xuan Guaidoning muvaffaqiyatsizligi Vashington g‘ururi uchun juda og‘riqli zarba bo‘ldi.

Ivan Danilov. Amerikalik ekspertlar va jurnalistlar AQShning Venesueladagi mag‘lubiyatining sabablarini aniqlashdan tinmayaptilar: Davlat departamenti tomonidan tan olingan "Venesuela prezidenti" Xuan Guaidoning muvaffaqiyatsizligi Vashington g‘ururi uchun juda og‘riqli zarba bo‘ldi. "Amerika Qo‘shma Shtatlarining orqa hovlisida" mag‘lubiyatga uchraganligi va aynan shu xususiyatda ko‘pgina chet ellik mutaxassislar butun Janubiy Amerikani tushunishadi - bu ikki baravar og‘riqli. Karakasdagi Amerika muammolarida asosiy aybdor allaqachon aniqlangan, ammo AQShning yetakchi biznes nashri - "The Wall Street journal" jurnalistlari yanada dahshatlisini aniqladilar: Qo‘shma Shtatlarning rasmiy ittifoqchilari bo‘lgan ba’zi davlatlar Vashingtonning rejalariga qarshi ish olib borishgan ekan.

Mejdunarodniy forum Rossiyskaya energeticheskaya nedelya - Sputnik O‘zbekiston
Nikolas Maduro Moskvaga keldi

Moliyaviy jurnalistlarning tashxisi, Vashington burgutlari tomonidan ishlab chiqilgan tashqi siyosat xukmiga o‘xshaydi.

"Putin Venesuelada Trampga qanday hiyla qildi. Tramp ma’muriyati prezident Nikolas Maduroning Rossiya va Kuba, shuningdek AQSh ittifoqchilari tomonidan qanchalik qo‘llab-quvvatlanishini yetarlicha baholamadi", deb yozadi Venesuelaning qonuniy hokimiyati qanday qilib g‘arb dunyosining iqtisodiy sanksiyaviy bosimlari va diplomatik harakatlarga qarshi tura olganliklarini sinchkovlik bilan o‘rgangan tahlilchilar.

Venesuela xavfsizlik xodimlarining Vashington uchun kutilmagan vafodorligidan tashqari, biz allaqachon yozgan va Amerika ekspertlari bir necha bor shikoyat qilgan, "The Wall Street journal" nashriga ko‘ra, Karakasni rangli inqilobdan va iqtisodiy tanazzuldan qutqarish formulasi bir nechta muhim tarkibiy qismlarni nazarda tutadi: neft eksportini sanksiyalarni chetlab tashkillashtirishda Rossiyaning yordam berishi, Kubaning maxsus xizmatlarning ishini tashkil qilishdagi yordami, Turkiyaning moliyaviy vositachi sifatida ishlashga tayyorligi va Osiyodagi Amerikaning ikki ittifoqchisining Davlat departamentining sanksiyalari va g‘azabiga qaramay Venesuela neftini sotib olish istagi.

Moliyaviy va tovar oqimlarining haqiqiy tahlili qayerda tugashini va Rossiyaga qarshi zo‘ravon va boshqa targ‘ibotlar qayerdan boshlanishini aniqlash qiyin, ammo biz ishonch bilan ayta olamiz: chet el axborot maydonlarining asosiy segmentida endi, ehtimol Venesuela oltin zaxirasini "muzlatib qo‘ygan" Londondagi sodiq bankirlaridan tashqari hamma Vashingtonga qarshi ishlamoqda. Eng qizig‘i, Venesuela inqirozi shartli Turkiya yoki Hindiston uchun “hayot va o‘lim masalasi” emas, demak bu amerikaliklarning Janubiy Amerika yo‘nalishidagi sa’y-harakatlari ittifoqchilar tomonidan hal qiluvchi sabotajga duchor bo‘lganligi boshqa ilojisi bo‘lmaganligi sababli emas, balki endi "dunyo gegemonidan" oldingidaqa qo‘rquv yo‘q degan xulosaga keldi.

"The Wall Street journal" keng geosiyosiy o‘yinchilarga qarshi da’volarning kattagina (isbotlanmagan) ro‘yxatini taqdim etadi.

Vstrecha X. Guaido s jitelyami Karakasa - Sputnik O‘zbekiston
Venesuelada Guaido ustidan sud boshlandi

"Import Genius" ma’lumotlar bazasiga asoslangan "The Wall Street journal" tahliliga ko‘ra, AQSh sanksiyalari qo‘llanilganidan to‘qqiz oy o‘tgach, Venesueladan Hindistonga eksport qilingan xom neftning salkam yarmi Hindiston va Rossiya neft giganti Rosneft bilan birgalikda tuzilgan qo‘shma korxona tomonidan sotib olingan.

Venesuela savdo hisobotlariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari 2018-yil oxirida "oltin sanksiyalari" joriy qilinganidan beri Venesueladan bir milliard dollarga yaqin oltin import qildi. AQSh razvedka xizmati rasmiylari Venesuela oltinining Kolumbiya, Uganda va boshqa mamlakatlar oltini sifatida yashirincha mamlakatdan olib chiqib ketilayotganligi haqidagi dalillarga asoslanib haqiqiy summa ancha yuqori ekanligini aytishdi.

"Vashingtondagi Turkiya elchixonasi AQShning sanksiyalarini buzgan holda Venesuela bilan olib borilgan neft yoki oltin bilan bog‘liq har qanday savdoni rad etadi." Bu da’volar faktlarga mos kelmaydi, ular taxmin va mish-mishlardir", - dedi elchixona vakili. Vashingtondagi Rossiya elchixonasi izoh berishdan bosh tortdi. Elchixona AQShni Venesuela ishlariga aralashgani uchun Tashqi ishlar vazirligi tanqid qilgan bayonotlarga iqtibos keltirdi. Hindiston va BAA rasmiylari izoh so‘rovlariga javob bermayapti."

Ko‘rinishidan, Amerikaning barcha muammolari uchun oddiy yechim paydo bo‘lganiday: AQShni Venesuelani "bo‘g‘ishiga" halaqit berayotgan barcha mamlakatlar va kompaniyalarga qarshi sanksiyalarni qo‘llash, shundagina Vashington o‘z maqsadiga erishadi. Davlat Departamenti va Donald Tramp ma’muriyatining mutaxassislari, endi tashqi siyosiy sehrli tayoqcha sifatida ish bermay qo‘ygan "sanksiya tayog‘i"ning samaradorligiga shubha qilishmoqda. Vashingtondagi Venesuelaning barcha sheriklariga qarshi haqiqatdan ham qattiq sanksiyalar tarafdorlari mavjudligiga qaramay (va bu ajablanarli emas), bunday yondashuvga qarshi bo‘lganlar shunga o‘xshash cheklovlarni qo‘yishdan bosh tortgan Yevropa Ittifoqining yordamisiz hech narsa ish bermaydi. Bundan tashqari, Davlat Departamenti orqasida Venesuela neftini sotib olgan va Karakas uchun moliyaviy vositachilar sifatida ish olib borayotgan Amerika ittifoqchilariga bosim o‘tkazishga urinishlar Amerikaning boshqa mintaqalarda, masalan, Eronda va umuman Yaqin Sharqda manfaatlari jabr ko‘rishiga olib keladi. "The Wall Street journal" nashrining yuqori darajadagi manbalari muhokamasidan juda kulgili manzara paydo bo‘ladi: Davlat departamenti shartli Hindistonga Erondan neft sotib olmaslik uchun bosim o‘tkazishi mumkin, ammo shartli Hindiston na Erondan va na Venesueladan neft sotib olishini taqiqlab qo‘ya olmaydi. Vashingtonning sodiq sheriklari deb hisoblangan boshqa davlatlar bilan ham shunga o‘xshash muammolar yuzaga keladi. Endilikda bu sodiqlik asosan deklarativdir.

Tashqisiyosiy "aqliy markaz"laridan birida tahlilchi bo‘lib ishlayotgan Venesuelalik dissidentlardan biri jurnalistlarga "rejimni harbiy kuch ishlatmasdan o‘zgartirish qiyin" deb shikoyat qilgani bejiz emas va garchi Tramp ushbu Janubiy Amerika muammosi kuch bilan hal bo‘lishi mumkinligi haqida bir necha bor ishora qilgan bo‘lsa-da, harbiy aralashuvning haqiqatda boshlanishi imkoniyati nisbatan kichik. Muammoni ushbu yo‘l bilan yechimini topishga urinishlar juda kup obro‘viy va xarbiy qiyinchiliklarga (masalan, Venesuela junglidagi partizanlar urushi kabi) olib keladi.

Spiker parlamenta Venesueli i lider oppozitsii Xuan Guaido - Sputnik O‘zbekiston
Guaido ilk “prezidentlik” farmonini imzoladi

Biroq, "The Wall Street journal" tahlili optimizm sabalarini ham keltirmoqda. Faqat - AQSh muxoliflarining optimizmi uchun. Ajablanarlisi shundaki, Amerika ommaviy axborot vositalari sohasidagi eng yaxshi moliyaviy va siyosiy tahlilchilar, ehtimol, Karakasdagi amerikanparast to‘ntarish muvaffaqiyatsizligining eng muhim jihatini payqamaydilar - va ehtimol Vashington siyosatchilari ham o‘zlarining asosiy muammolarini tan olishga tayyor emaslar. Ijtimoiy tarmoqlar yordamida siyosat va jamoatchilik fikrini boshqarish texnologiyalari rangli inqiloblarni tashkil qilish nuqtayi nazaridan shunchalik samarali ediki, asta-sekin ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda hukmronlik qilish Vashingtonga mos kelmaydigan har qanday hukumatni ag‘darish uchun asosiy shart bo‘lib qoldi. Venesuela misolida, bu ayniqsa yaqqol ko‘rinadi. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar nuqtayi nazaridan Xuan Guaido juda yaxshi ishlamoqda va Reuters tomonidan nashr etilgan minglab qo‘llab-quvvatlovchilar ishtirokidagi mitingi fonida o‘zini suratga olish va suratga olish juda ta’sirli ko‘rinadi, ammo hech kim yashirmaydigan va hech kimni xijolatga qo‘ymaydigan bir nyuans bor: bu miting va bu suratga tushishlar Karakasda emas, balki Madridda bo‘lib o‘tdi. Bu juda g‘alati siyosiy g‘alaba.

Shu bilan birga, Bloomderg agentligi (o‘z manbalariga tayanib), Karakas hukumati Venesuelada ishlashga tayyor xorijiy kompaniyalarga, ya’ni Rossiya, Italiya va Argentina kompaniyalariga neft qazib olish loyihalarini sotishga tayyorlanayotgani haqida xabar beradi. Agar bu haqiqatan ham amalga oshirilsa, Vashingtonning Venesuela neftini nazorat qilish uchun rangli inqilobga qilgan barcha sa’y-harakatlari va sarmoyalari Qo‘shma Shtatlar uchun paradoksal va eng tahqirli natijaga olib keladi: amerikaliklar hech qanday neft ololmaydilar, ammo Davlat Departamenti juda qimmat va mutlaqo befoyda narsalarga – befoyda selfilar to‘plami va soxta "Venesuela prezidenti"ga qo‘yilgan "layk"larga quvonishi mumkin bo‘ladi.

Agar bu davom etsa, sayyoramizning "xalqqa qarshi diktatorlari" Amerikaning  kelgusidagi rangli inqiloblarining harakatlari ustidan kulishadi.

Yangiliklar lentasi
0