Jamiyat

Rossiyada koronavirus bilan kasallangan ikki shaxs aniqlandi

© Sputnik / Tatyana Meyel / Fotobankka oʻtishPassajirы v zone mejdunarodnыx priletov aeroporta Vladivostoka
Passajirы v zone mejdunarodnыx priletov aeroporta Vladivostoka - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada birinchi marta koronavirus bilan kasallangan ikki shaxs aniqlandi. Kasallangan shaxslar - Xitoy fuqarolari.

TOSHKENT, 31 yanv – Sputnik. Rossiyada birinchi marta koronavirus bilan kasallangan ikki shaxs aniqlandi. Xastalanganlar shaxslar - Xitoy fuqarolari. RIA Novosti xabariga asosan.

Koronavirus qurboni boʻlmaslik uchun tavsiyalar - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Koronavirus yuqtirmaslik boʻyicha muhim tavsiyalar

Bosh vazir oʻrinbosari Tatyana Golikova maʼlum qilishicha, mamlakatda koronavirusga qarshi kurash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Uxan shahrida 300 nafar, Xubeyda esa 341 nafar Rossiya fuqarolari istiqomat qiladi.

Rossiya hukumati Xitoydan qaytib kelmoqchi boʻlganlar sonini hisoblab chiqadi.

Hozirda fuqarolarni olib kelish uchun Xitoyga uchadigan samolyotlarni belgilash va fuqarolarni ikki haftaga karantinga joylashtirish masalalari koʻrib chiqilmoqda.

Yangi koronavirus

Dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey provintsiyasi markazi boʻlgan Uxan shahrida nomaʼlum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi.

Keyinchalik, kasallik qoʻzgʻatuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi.

Xitoyda yangi tipdagi koronavirus pnevmoniyasi bilan kasallangan bemorlar soni 9 692 nafarga yetdi. Kasallanganlarning 213 nafari halok boʻlgan. Faqatgina oxirgi bir sutka davomida 1 982 yangi holat aniqlangan.

Xitoydan tashqari Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Kanada, Vyetnam, Singapur, Nepal, Frantsiya, Avstraliya, Malayziya, Finlyandiya, BAA, Hindistonda yuqtirish holati qayd etilgan.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yangi tipdagi koronavirusning avj olishini xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan favqulodda holat, deb tan oldi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala