Sputnik Estoniya frantsiyalik hamkasblari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi

© Sputnik / Dominik Buten / Fotobankka oʻtishZimnyaya sessiya PASE
Zimnyaya sessiya PASE - Sputnik Oʻzbekiston
"Rossiya segodnya" HAA ijrochi direktori Kirill Vыshinskiy va Sputnik Estoniya rahbari Yelena Cherыsheva Parijda soʻz erkinligi boʻyicha munozarada ishtirok etdilar

Uchrashuvda Sud Radio jurnalisti Andre Berkoff, Paris Match jurnali muxbiri va direktori oʻrinbosari Rejis le Sommye ishtirok etdi. Vыshinskiy va Cherыsheva oʻz hamkasblariga Estoniyada ommaviy axborot vositalariga bosim oʻtkazilayotgan vaziyat haqida gapirib berishdi.

Sergey Lavrov o situatsii so Sputnik Estoniya: eto vozmutitelno - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Sputnik Estoniya atrofidagi vaziyat EI obroʻsidagi yana bir dogʻ boʻldi - Sergey Lavrov

Dunyo Estoniyada qonunsizlik roʻy berayotgani haqida bilishi kerak

Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 1 yanvardan boshlab agentlik xodimlari Estoniya hukumati tomonidan jinoiy ish qoʻzgʻash tahdidi tufayli "Rossiya segodnya" HAA bilan mehnat munosabatlarini uzishga majbur boʻldilar. Yangi yil arafasida Sputnik Estoniyaning barcha xodimlariga Politsiya va Chegara xavfsizligi boshqarmasi rahbariyatidan "Rossiya segodnya" HAA da ishlashni toʻxtatish zarurligi toʻgʻrisida xat keldi, aks holda odamlar qamoqqa olinish xavfi ostida qoladi.

Sputnik Estoniya hozirda favqulodda rejimda ishlamoqda.

"Biz Yevropa mamlakatlarida jurnalistlarga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻashga tayyor ekanliklarini, ular oʻzlarining kasb burchlarini bajarishlari va Rossiyaning xalqaro axborot agentligida ishlashlari sabab qamoqqa olinishini Yevropada bilishlarini istaymiz. Estoniyada shunday qonunsizlik xolati sodir boʻlayotganini maksimal darajada bilishlari jar solishni hohlaymiz”, - deya taʼkidladi Yelena Cherыsheva.

Uning eslatishicha, nashrning toʻrt yillik faoliyati davomida Estoniya rasmiylari agentlik ishiga rasman daʼvo qilmagan. Ammo jurnalistlar hali ham oʻz ishlarida turli toʻsiqlarga duch kelishgan. Koʻpincha muxbirlarga baʼzi tadbirlarda ishtirok etish qiyin boʻlgan va mamlakatning barcha amaldorlari Sputnik Estoniya bilan suhbatlashish tavsiya etilmasligi haqida ogohlantirilgan.

Redaktsiya Sputnik Estoniya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya YEXHTning Sputnik Estoniya bilan bogʻliq vaziyatga munosabatini kutmoqda

Cherыshevaning soʻzlariga koʻra, "Rossiya segodnya" XAA, shaxsan oʻzi va Rossiya Federatsiyasining turli tuzilmalari "asosiy muammoni hal qilish - Estoniya rasmiylarining barcha daʼvolarini, soxta daʼvolarini olib tashlash" uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.

Jurnalistlar gapirish imkoniyatlariga ega boʻlishlari kerak

"Sizga jurnalistlarning aytganlari yoqadimi yoʻqmi, ular xohlagan narsalarini aytishlari kerak, garchi bu kimgadir maʼqul kelmasa ham. Chunki bu erkinlikdir", deb javob berdi frantsuz jurnalistikasida katta tajribaga ega boʻlgan Andre Berkoff.

Avvalroq, Yevropa Kengashining inson huquqlari boʻyicha komissari Dunya Miyatovich Sputnik Estoniya bilan bogʻliq vaziyatni oʻzi va uning idorasi nazoratida boʻlishini bildirgan edi.

"Bizni Miyatovich xonim, u va uning idorasi ushbu vaziyatni nazoratda ushlab turishi va hamkasblarimiz normal va tsivilizatsiyalashgan, Yevropa qadriyatlariga sodiqligini eʼlon qilgan mamlakatda boʻlishi kerak boʻlgan sharoitda ishlashlari uchun harakat qilishini ishontirdi". - dedi Kirill Vыshinskiy.

Redaktsiya Sputnik Estoniya - Sputnik Oʻzbekiston
Sputnik Estoniya jurnalistlari redaktsiya bilan mehnat munosabatlarini toʻxtatadilar

Estoniya oʻz fuqarolarini qiynamoqda

Yelena Cherыsheva YEK (Yevropa Kengashi) komissari Sputnik Estoniya bilan bogʻliq vaziyat haqida toʻliq maʼlumotga ega emasligini his qilganini aytib oʻtdi.

"Shuning uchun u (Dunya Miyatovich - tahr.) menga qoʻshimcha savollarni berdi, men albatta javob berdim. Bu mening YEKPAga (Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi - tahririyat) tashrifimdan maqsad - Sputnik Estoniya atrofidagi vaziyat toʻgʻrisida maksimal maʼlumot berish" - dedi nashr rahbari.

Cherыsheva taʼkidlashicha, Sputnik Estoniyaning deyarli barcha xodimlari Estoniya fuqarolari.

Pavilon novostnogo agentstva Sputnik - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Sputnik Estoniya agentlikni mamlakatdan “siqib chiqarishga” urinishayotganini maʼlum qildi

"Politsiya oʻzlarining xatti-harakatlari bilan oʻz fuqarolariga yomon munosabatda boʻlmoqda va oʻz fuqarolarini faqatgina Rossiya ommaviy axborot vositasida ishlaganlari uchun qamoqqa olishga tayyor. Biz vaziyatni imkon qadar tezroq hal qilinishi, barcha xodimlar oʻz ish joylariga kaytishi va Estoniyada osmoni uzra Sputnik yana parvoz etishi uchun barcha ishlarni qilmoqdamiz", deya qoʻshimcha qildi Sputnik Estoniya rahbari.

Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sputnik Estoniya atrofidagi vaziyatni sharhlar ekan, Rossiya rasmiylari Sputnikning boshqa mamlakatlarda ishlashini qoʻllab-quvvatlashini aytgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala