Migratsiya

TIV Sankt-Peterburgda oʻzbek migrantlarining ish tashlashi yuzasidan bayonot berdi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Fotobankka oʻtishZdaniye po adresu 4-ya Krasnoarmeyskaya ulitsa dom 4A v Sankt-Peterburge, gde raspolagayetsya generalnoye konsulstvo Uzbekistana v Rossii.
Zdaniye po adresu 4-ya Krasnoarmeyskaya ulitsa dom 4A v Sankt-Peterburge, gde raspolagayetsya generalnoye konsulstvo Uzbekistana v Rossii. - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston fuqarolarining ish tashlashi holati yuzasidan 2020 yil 28 yanvar kuni Bosh konsulxonada kompaniya vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 31 yanv – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi kompaniyalardan birida ishlaydigan migrantlar, jumladan Oʻzbekiston fuqarolarining ish tashlashda ishtirok etganlari toʻgʻrisida maʼlumot tarqalgani munosabati bilan 2020 yil 28 yanvar kuni Bosh konsulxonada ushbu kompaniya vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Narodnыe tantsorы v natsionalnыx kostyumax vыstupayut vo vremya torjestv  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sankt-Peterburg migrantlar uchun bayramga 1,5 mln rubl sarflaydi

Aniqlanishicha, voqea 27 yanvar kuni mehnatga haq toʻlash shartlari notoʻgʻri sharhlangani sababli kelib chiqqan. Qayd etilishicha, 2020 yil 1 yanvarga qadar ishga kirgan chet el fuqarolariga 11 oy ishlaganlaridan soʻng bir oylik ish haqi miqdorida mukofot puli toʻlab beriladi. Ish hajmining kamayishi munosabati bilan mehnat shartnomasini 2020 yil 1 yanvardan keyin imzolagan ishchilarga mazkur tartib tatbiq etilmaydi.

28 yanvar kuni kompaniya vakillari brigada va boʻlinmalar rahbarlari bilan uchrashib vaziyatni tushuntirishgan. Nizo bartaraf etilgan hamda barcha ishchilar oʻz vazifalariga qaytgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala