Dunyoda

Tojikiston Xitoydan oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishPokupateli v torgovom zale gipermarketa
Pokupateli v torgovom zale gipermarketa - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston oziq-ovqat xavfsizligi qoʻmitasi barcha turdagi Xitoy oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi.

TOSHKENT, 31 yanv – Sputnik. Tojikiston oziq-ovqat xavfsizligi qoʻmitasi barcha turdagi Xitoy oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan choy va ekin urugʻlarini olib kirishni taqiqladi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Koronavirus qurboni boʻlmaslik uchun tavsiyalar - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Koronavirus yuqtirmaslik boʻyicha muhim tavsiyalar

Xitoyda koronavirus epidemiyasi boshlanganidan soʻng, masʼul hokimiyat idoralariga hatto uchinchi mamlakatlardan ham olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini nazoratga olish boʻyicha topshiriqlar berildi, dedi Tojikiston Oziq-ovqat xavfsizligi qoʻmitasi raisi Muhammadsaid Fayzullozoda.

“Kecha, tadbirkorlar afgʻon chegarasiga olib bormoqchi boʻlgan Xitoy mevalarini olib kirishga ruxsat berilmadi. Chegara punktlarida faoliyat koʻrsatayotgan organlarga Xitoy mahsulotlarini aniqlash va ularni Tojikistonga kiritmaslik toʻgʻrisida koʻrsatma berildi. Koronavirus topilganidan soʻng Xitoydan choy importi ham taqiqlangan”, - dedi rais.

Tojikiston Iqtisodiyot va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari Tojiddin Joʻrazodning soʻzlariga koʻra, hozirda Xitoy nooziq-ovqat mahsulotlari boshqa mamlakatlar orqali Tojikistonga keltirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala