Jamiyat

JST Xitoyda koronavirus tarqalishini favqulodda vaziyat deb tan oldi

© United States Mission GenevaFlag Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ)
Flag Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik Oʻzbekiston
JST maʼlumotiga koʻra, ushbu virus bilan butun dunyoda 7834 kishi kasallangan. Ularning asosiy qismi Xitoyda – 7736 kishi.

TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Xitoyda yangi koronavirus tarqalish holatini – xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat deb tan oldi. Bu haqida tashkilot bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus xabar qildi.

Vspыshka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal novыy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xitoyda yangi koronavirus bilan zararlanganlar soni 9692 kishiga yetdi

JST maʼlumotiga koʻra, ushbu virus bilan butun dunyoda 7834 kishi kasallangan. Ularning asosiy qismi Xitoyda – 7736 kishi, qolgan 98 nafari 18 mamlakatga toʻgʻri kelmoqda. Shu bilan bir vaqtda shifokorlar 8 holatda virus insondan insonga oʻtgani qayd etilgan.

Gebreyesus aytishiga qarganda, ayni damda 1371 kishi ogʻir ahvolda. Vafot etganlar soni 200 dan oshgan. 12167 kishi – koronavirus bilan kasallanishda gumon qilinmoqda.

Koronavirusni  qanday toʻxtatish mumkin?

JST direktori soʻzlariga koʻra, virusni toʻzxtatish mumkin. Buning uchun kasallikni imkon qadar oldinroq aniqlab, kasallangan kishilarni boshqalardan ajratib qoʻyish kerak. Shuningdek, ular aloqada boʻlgan kishilarni ham aniqlash epidemiya tarqalishini oldini oladi.

Shu bilan bir vaqtda JST koronavirus tufayli mahsulotlar aylanishini cheklash, chegaralarni yopishni, viza berishdan voz kechishni tavsiya etmaydi. JST barcha davlatlarga koronavirus haqida tarqalayotgan yolgʻon maʼlumotlarga qarshi kurashishni tavsiya etadi.

Shuningdek tashkilot ekspertlari xitoylik mutaxassislarga virusning zoologik manaini topishni, xalqaro aeroportlarda yoʻlovchilarni tekshiruvdan oʻtkazishni va kasallangan fuqarolarni izolyatsiya qilishni tavsiya qilgan.

Koronavirus tarqalishi

Dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida nomaʼlum pnevmoniya kasali aniqlangan edi. mutaxassislar fikriga koʻra, kasallik tarqalishiga koroavirusning yangi turi - 2019-nCoV saba boʻlgan.

Ministr zdravooxraneniya Uzbekistana Alisher Shadmanov  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shodmonov Xitoy fuqarolariga vizani cheklash tarafdori ekanligini maʼlum qildi

Tez orada kasallik Xitoydan tashqarida ham tarqalishni boshladi. Virus Gonkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Kanada, Vyetnam, Singapur, Nepal, Frantsiya, Avstraliya, Malayziya, Germaniya va Finlyandiyada paydo boʻldi.

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin mamlakatning Uzoq Sharqdagi chegaralarini yopishni talab qildi. Bosh vazir oʻrinbosali Tatyana Golikova xabar qilishiga koʻra, Rossiyada koronavirus bilan kasallangan odam  aniqlanmaganini va uni oldini olish uchun kerakli  choralar qoʻllanilayotganini xabar qildi.

Kasallikning asosiy simptomlari

Rospotrebnadzor xabariga koʻra, koronavirus bilan kasallangan kishi nafas olishga qiynaladi va charchoq his qiladi. Shuningdek unda yuqori tana harorati, yoʻtal va tomoq ogʻrigʻi ham kuzatiladi.

Koronavirus qurboni boʻlmaslik uchun tavsiyalar - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Koronavirus yuqtirmaslik boʻyicha muhim tavsiyalar

Virusning inkubatsion davri 2 haftagacha boʻlishi mumkin. Ushbu davr mobaynida kasallangan kishida hech qanday oʻzgarish kuzatilmasligi ham mumkin. Shuning uchun Rospotrebnadzor yaqin 2 hafta ichida Xitoyga borgan yoki u yerdan kelgan kishilar bilan aloqada boʻlgan kishilarni diqqatostiga olishni tavsiya berdi.

Mutaxassislar fikriga koʻra, koronavirus oqibatida pnevmoniya bilan kasallanganda antibiotiklardan foydalanish taʼqiqlanadi. Hozircha koronavirusga qarshi maxsus vosita ishlab chiqilmagan.

“Koronavirus bilan har bir kishi kasallanishi mumkin, lekin bolalar, 65 yoshdan kattalar va immuniteti kuchsiz boʻlgan kishilar alohida xavf ostida”, - deyilgan Rospotrebnadzor xabarida.

Virus tarqalishi munosabati bilan Rospotrebnadzor qoʻl siqib koʻrishish, yuzidan oʻpish va boshqa  uslublarda yaqinlashishni tavsiya etmaydi. Shuningdek shaxsiy gigiyenaga jiddiy eʼtibor berish, qoʻl yuvish, samtfon ekrani va klaviaturani, eshik tutqichlari, lift tugmachalarini doimiy tozalab turishni tavsiya etadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala